Savol: Rözadorlarga qanday ajr-savoblar va’da qilingan?
Javob: Röza arab tilida “savm” deb atalib, luğatda “bir narsadan özini tiymoqlik”ni bildiradi. Istilohida esa “tongdan to quyoş botgunça rözani niyat qilib, uni oçuvçi barça narsalardan özini tiyiş”dir.
Ramazon rözasi hijratning ikkinçi sanasida farz qilingan. Alloh taolo Ramazon rözasining hukm va hikmatlarini Qur’oni karimda batafsil bayon qilib bergan:
“Ey, imon keltirganlar! Sizlardan oldingi (ummat)larga farz qilingani kabi sizlarga ham röza tutiş farz qilindi, şoyad (u sababli) taqvoli bölsangiz” (Baqara surasi, 183-oyat).
Ma’lumki, rözadan boşqa hamma amallarga riyo aralaşişi mumkin. Lekin rözada bunday bölmaydi: tongga yaqin heç kim körmaydigan vaqtda saharlik qiladi, kunduzi esa hamma qatori yuraveradi. Röza – Alloh bilan banda orasida sir bölgan ibodatdir. Heç kimsiz, yolğiz özi qolganida ham rözador Alloh taolo körib turganini his qilib, biror narsa yemaydi. Ana şular – röza Alloh uçun tutilişining belgisidir. Şuning uçun ham yolğiz Alloh uçun bölgan ibodatning mukofotini Alloh taoloning Özi berişga va’da qilmoqda. Abu Hurayra raziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisi qudsiyda Rasululloh sallallohu alayhi vasallam şunday marhamat qiladilar:
“Alloh taolo: “Odam bolasining hamma amali – özi uçun, faqat röza – Men uçundir va uning mukofotini Men Özim berurman”, dedi. Röza – saqlovçidir. Qaçon qaysi biringiz rözador bölsa, fahşdan gapirmasin va baqir-çaqir qilmasin. Agar birortasi u bilan sökişmoqçi bölsa, “Men rözadorman”, desin. Muhammadning joni qölida bölgan Zot ila qasamki, albatta, rözador oğzining hidi Allohning nazdida muşkning hididan xuşböyroqdir. Rözadorga ikki marta xursandçilik bor: biri – iftor vaqtida oğzini oçganda va ikkinçisi – Qiyomat kunida Robbisiga röbaro‘ bölganda” (Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyat qilgan).
Ramazonda boylar ham bir oy oçlik va çanqoqlikni boşlaridan keçirişib, kambağallarning yil davomidagi holatlarini his etadilar. Bu esa kam ta’minlanganlarga rahm-şafqat körsatişlariga sabab böladi.
Ramazonda qaysi amalga bel boğlasam bölarkan, qaysi amal köproq ajr va baraka keltirar ekan, deb öylab turgan insonlarga ulamolar bu oyda köproq Alloh taoloning kalomi Qur’oni karimni tilovat qiliş, uni tinglaş va uni örganişni












