“Respublikada kavrak yetiştirişni rivojlantiriş va sanoatlaştirişni rağbatlantirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi prezident farmoni qabul qilindi.
Ipakçilik va jun sanoatini rivojlantiriş qömitasiga kavrak yetiştirişni jadal rivojlantirişni ta’minlaş böyiça qöşimça vazifalar yuklatildi. Qömita, jumladan, respublikaning tabiiy-iqlim şaroitlariga mos bölgan madaniy kavrak plantatsiyalari taşkil etilişini monitoring qiladi.
Şuningdek, “Kavrak yetiştiruvçilar va eksport qiluvçilar” uyuşmasi “Yaylov xöjaligini rivojlantiriş” uyuşmasiga qöşib olindi.
2022–2026 yillarda yaylov yer maydonlarida kavrak plantatsiyalarini barpo etişning prognoz körsatkiçlari tasdiqlandi. Şunga köra, belgilangan yillarda jami 90 ming gektar (şundan, joriy yilda 6 ming gektar) maydonda kavrak plantatsiyalarini barpo etiş nazarda tutilgan.
2022 yil 1 iyungaça Buxoro, Jizzax, Qaşqadaryo, Navoiy, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida kavrakni qayta işlovçi korxonalar, kavrak yiğiş va yetiştiriş bilan şuğullanuvçi uy xöjaliklari (jismoniy şaxslar) va kavrak köçatçiligi xöjaliklari kooperatsiyasiga asoslangan kavrak yetiştiriş klasterlari taşkil etiladi.
2022 yil 1 maydan qömitaning doimiy egaligidagi yer maydonlarida:
yovvoyi holda ösuvçi kavrak ösimligini ğamlaş (yiğiş) uçun kvotalar qömitaning buyurtmasiga köra, tölov evaziga Fanlar akademiyasining xulosasi asosida Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi tomonidan tasdiqlanadi;
mazkur kvotalar doirasida yovvoyi holda ösuvçi kavrakdan maxsus foydalaniş hamda uni çetga olib çiqiş uçun ruxsatnomalar qömita tomonidan beriladi (ajratiladigan kvotaning kamida 50 foizi hajmida madaniy plantatsiyalarni barpo etiş şarti bilan).
Qömitaning doimiy egaligida bölgan yer maydonlaridagi kavrakdan foydalanganlik uçun xorijiy fuqarolar va yuridik şaxslardan olinadigan tölov miqdori Özbekiston Qizil kitobiga kiritilmagan kavrak şirasining (yelim) 1 kilogrammi uçun 4 baravarga, Qizil kitobga kiritilgan kavrak şirasining 1 kilogrammi uçun esa 2 baravarga oşiriladi.
2022 yil 1 maydan uç yil davomida kavrak yetiştirişdan olgan daromadlari joriy hisobot (soliq) davri yakunlari böyiça jami daromadning kamida 80 foizini taşkil etadigan tadbirkorlardan olinadigan foyda soliği, mol-mulk, yer soliği va suv resurslaridan foydalanganlik uçun soliq stavkalari 50 foiz miqdorida qöllaniladi.












