Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) yarimörta vazn toifasida iştirok etuvçi özbekistonlik Isroil Madrimov va fransiyalik Mişel Soro örtasida revanş jangi sanasini e’lon qildi.

Jang 2022 yil 9 iyul kuni Angliya poytaxti London şahrida ötkaziladi.

Ikkala boksçi 2021 yili 17 dekabrda Toşkentda ringda kuç sinaşişgan va rasmiy qarorga köra, Madrimov 9-raundda texnik nokaut bilan ğalaba qozongan edi. 

Ammo Soro jamoasi hal qiluvçi zarbalar raund yakunlangani töğrisidagi gong jaranglagandan keyin berilganini, referi bahsni vaqtida töxtatmaganini asos qilib, rasman revanş jangini talab etişdi. WBA işni har tomonlama örganib çiqib, öz qoidalariga tayangan holda Soro jamoasining talabini qabul qilgan edi.