Toşkent şahri Yunusobod tumanida yöl-transport hodisasiga uçragan Matiz yonib ketdi.

Toşkent şahar IIB axborot xizmati xabar berişiça, 2022 yilning 29 aprel kuni soat taxminan 10:00 larda Yunusobod tumani, Iftixor köçasi 97-uy qarşisida haydovçi Y.F. Matiz avtomaşinasida harakatlanib ketayotgan vaqtda rul boşqaruvini yöqotgan.

Şu sabab yöl çetidagi ariqqa tuşib ketgan. Oqibatda transport vositasining old qismida yonğin sodir bölgan. YTH va yonğin oqibatida tan jarohati olganlar yöq.

Holat yuzasidan Toşkent şahar YHXB tomonidan suriştiruv işlari olib borilmoqda.