Kun.uz jamoasi jumla mömin-musulmonlarni uluğ ayyom – Ramazon hayiti bilan qutlaydi.

Mohi şarif – oylarning sultoni Ramazonda 30 kun mobaynida röza tutildi, imkon qadar toat-ibodatda bölindi, qator Islom davlatlaridan farqli ravişda tarovih namozlari masjidlarda jamoat bilan ado etildi.

Vatanimiz musulmonlari bunday imkoniyatdan foydalanib qolişdi, tarovih namozlari özgaça şukuh bilan fayzli ötdi. Xatmonalar söngida xayrli duolar qilindi.

Hosil yetilganidan söng yiğib olinganidek, bugun Ramazonda qilingan xayrli işlarga ulkan ajr-u savoblar beriladigan, ibodatlar qabul böladigan va gunohlar afv etiladigan kundir. Bu kunda qilingan xayrli duolar mustajob bölişini Alloh taboraka va taolodan sörab qolamiz.

Qalblarimizdagi iymon yanada ziyoda bölsin, xonadonlarimizdan qut-baraka arimasin, vatanimiz yanada obod, xalqimizning turmuşi yanada farovon bölsin!

Hamon taşviş bölib qolayotgan koronavirus balosi tezda bartaraf bölsin! Dunyoning qator mintaqalari, ayniqsa, Islom diyorlaridagi notinçliklar barham topsin! Butun yer yuzidagi mömin-musulmonlarni Allohning Özi qöllasin, muşkullarini oson qilsin!

Şirin kalom ulaşiş, mehr körsatiş, ota-onalarimiz duosini oliş, tabassum bilan muomalada böliş kabi yuksak axloq namunalari mömin-musulmonning nafaqat uluğ ayyom kunlaridagi, balki kundalik hayotidagi ajralmas odobidir.

Alloh taolo Ramazon oyida qilgan ibodatlarimiz va tavbalarimizni qabul qilsin. Haq yöldan adaştirmasin. Xayrli amallarimiz yil böyi bardavom bölişini nasib etsin, bu işlarga Özi muvaffaq aylasin. Bilib-bilmay qilgan katta-yu kiçik gunohlarimizni keçirsin!

Ramazon hayiti muborak bölsin!