1-3 may kunlari Gretsiyaning Rodos shahrida shaxmat bo‘yicha bolalar va o‘smirlar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirok etgan uch nafar o‘zbekistonlik yosh shaxmatchidan ikki nafari sovrindor bo‘ldi.
Surxondaryo shaxmat maktabi vakili Umida Omonova 16 yoshgacha qizlar o‘rtasidagi bahslarda ham rapid, ham blits yo‘nalishlarida jahon chempioni bo‘ldi. U maksimal 9 balldan 8,5 ball to‘pladi.


Musobaqada, shuningdek, Open12 guruhida bahslarda qatnashgan Toshkent shahri vakili Humoyun Bekmurodov rapid va blits bahslarida 7 ochko bilan 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Open16 guruhida qatnashgan Olmos Rahmatullayev musobaqani to‘rtinchi o‘rinda yakunladi.
Respublika gender komissiyasi a’zosi Saida Mirziyoyeva yosh shaxmatchilarni medallar bilan tabrikladi.
“Qizlarimizning intellektual salohiyati meni doim qoyil qoldiradi!
Surxondaryo shaxmat maktabi vakilasi Umida Omonova tezkor shaxmat bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida jahon chempioni bo‘ldi. 40 ta mamlakatdan kelgan 330 sportchi orasida aynan Umida bu ajoyib natijaga erishdi!
Kumush medal ham shaxmatchimiz Humoyun Bekmurodovga nasib qildi. Yurtimiz dunyoning shaxmat poytaxtiga aylanib bormoqda.
Chin qalbdan tabriklayman! Umida bilan yuzma-yuz uchrashuv onlarini intiqlik bilan kutib qolaman!” – deya yozdi Saida Mirziyoyeva Telegram-kanalida.

Ma’lumot uchun, Umida Omonova 2019 yili 13 yoshida FIDE ustasi unvonini olgandi. Shu tariqa u O‘zbekiston tarixida ushbu unvonni qo‘lga kiritgan eng yosh ayol masterga

















