YeÇL. «Robotlar» ham eplolmadi, «Real» – ikkinçi finalçi
|19:14 / 05.05.202239 25711 min
Dunyoning eng nufuzli musobaqaci bölmiş Yevropa Çempionlar Ligasida ikkinçi finalçi ham aniqlandi. Birinçi öyinda va ikkinçi öyinning 90 daqiqasi davomida hisobda ortda borgan Ispaniyaning «Real» jamoasi yana qahramonlik körsatib, «Mançester Siti» tösiğidan ötdi va finalga yöl oldi.
Foto: Getty ImagesFoto: Getty Images
Asosiy vaqtni mukammal ötkazgan «robotlar»
«Real» YeÇLda har qança tarixga ega bölmasin bu öyinda «Mançester Siti»ning imkoniyati yaxşiroq edi. Çunki birinçi öyinda Gvardiola jamoasi nafaqat 4:3 hisobida ğalaba qozongan, balki barça jabhada «Real»dan ustun ekanini isbotlagandi. Madridda ham «Siti» dovdirab qolmadi va yuqori pressing bilan yana «Real»ga imkon bermadi. 90 daqiqa davomida töpni nazorat qiliş va vaziyatlar yaratiş böyiça mançesterliklar ustunlik qildi, «Real» hatto aniq zarba bera olmadi. Kurtua esa şunçalik köp seyv amalga oşirdiki, oxir-oqibat butun öyinning eng yaxşi futbolçisi deb topildi. Şuning özi inglizlar qançalik zör öynaganidan dalolat.
«Mançester Siti»ning juda köp hujumlari samara beravermagaç, Gvardiola ikkita zaxira bilan hujumni tezlaştiradigan çiziqlarni yangilaşga qaror qildi. Murabbiy 72-daqiqada jarohat olgan va xatolarga yöl qöya boşlagan Kayl Uokerni almaştirişga majbur böldi. Uning örnini ukrainalik Zinçenko egallab, çap qanotga ötdi. Öyinni juda yaxşi ötkazgan Joao Kanselu esa öng qanotga ötdi. Maydon markazida hujumlarni kutilganidek rivojlantira olmagan De Bryuyne örnini esa Ilkay Gyundöğan egalladi.
Bu ikki zaxiradan tuşgan futbolçilar öziga töp tekkan ilk epizoddayoq samarali harakatni amalga oşirdi. Zinçenko qanotda töpni egallab Gyundöğanga aniq uzatdi. Turk esa markazdan katta tezlik olayotgan Bernardu Silvaning yönalişiga töpni taşlab berdi. Maydondagi eng tezkor futbolçilardan bölgan Silva esa butun «Real» himoyasini dovdiratib, jarima maydonçasi yaqinigaça töpni heç kimga oşirmay bordi va heç kim kutmagan variantni tanlab, qanotda oçilgan Riyod Mahrezga töpni taşlab berdi. Bir neça daqiqa avval Gvardioladan dakki eşitgan jazoirlik futbolçi esa mukammal zarbasi bilan yaqin burçakni nişonga oldi – 0:1.
Goldan keyin ham inglizlar hujumni töxtatmadi. Yana bir zaxiradan tuşgan futbolçi, 8 yil avval «Real»ni alqab yozgan tvitlari rosa gapirilgan Jyek Griliş Madrid himoyaçilari va Kurtuani ham aldab, töpni darvozaga tepdi. Ammo himoyaçi qaytargan töpga Foden yeta olmay, golli vaziyat golga aylanmadi.
Yana Benzema katta sahnada
Gvardioladan 5 daqiqa avval Ançelotti bitta özgariş qilgandiki, u butun yarimfinal taqdirini özgartirib yubordi. Braziliyalik Rodrigo Kroosning örniga maydonga tuşib, hujumda foydasi tegmagan Valverdening örnini egalladi. 90-daqiqada «Real» butun mavsum davomida qilgan işini takrorladi – futbol möjizasini körsatdi. Karim Benzema jarima maydonçasiga noqulay uzatilgan töpni şunday qulay qilib Rodrigoga taşlab berdiki, buni kutmagan Ederson nima qilişini öylagunça braziliyalik vunderkind töpni darvozaga kiritib bölgandi. Ha, bu gal ham mavsumning eng zör futbolçisi bölayotgan Karim Benzema «Real»ni öyinga qaytardi.
Mavzuga oid
Inglizlarni bu natija ham qanoatlantirardi, ammo ular bu haqda öylaşga ham ulgurmay Rodrigo kiçik jussasi bilan «Siti»ning böyi baland futbolçilarini ortda qoldirib, Karvaxalning uzatmasini boş bilan golga aylantirdi – 2:1. «Real» yarimfinalning 3 ta bölimida yomon öynagan bölsa-da, mana şu 2 daqiqa içida hammasini öz örniga tuşirdi. Ançelotti jamoasi futbolda hissiyotlar har qanday taktika va pressingdan kuçli ekanini bu mavsumning özida kamida uçinçi marta isbotlaşdi.
Mehmondagi gol qoidasi bekor qilingaç, 2:1 hisobi muvozanatni tikladi va hakam jamoalarni qöşimça bölimlarga taklif qildi. 90 daqiqa zör öynab, 2 daqiqada ruhiy jihatdan singan «Mançester Siti» qolganiga heç narsa qilolmasligi deyarli aniq edi. Qöşimça bölimlarda bitta jiddiy intriga qolgandi – mavsum qahramoni Benzema gol uradimi, degan. Benzema gol urdi. Özi penalti işladi va özi golga aylantirdi. Qöşimça vaqtni hisoblamasa, «Real» 90, 91 va 95-daqiqada uçta gol urdi. Natijada Gvardiolaning «robotlaşgan» mukammal jamoasi yana bir mavsumni boy berdi. Axir bu jamoa YeÇLni yutiş uçun tuzilgan. Biroq milliarderlarning katta pullari evaziga tuzilgan eng mukammal loyiha bölmiş «Siti» ham dunyoning eng zör musobaqasini hamon yuta olmayapti.
Bir qaraşda «Real» uçun mavsum unçalik yaxşi ötmayotgandek edi. Hatto Ançelotti ketişi, Zidan navbatdagi marta qaytişi haqida gap-sözlar paydo böldi. La Liga doirasidagi «Barselona»ga qarşi öyinda esa «Real» juda beçorahol körindi. Aynan öşa öyinda Xavi jamoasi «Real»ning barça kamçiliklarini körsatib bergan ekan va aynan klasikodan keyin «Real» yaxşiroq öynay boşladi.
YeÇLda «Real»ni töxtatişga avvaliga tarkibida Messi bölsa ham mantiqsiz futbol körsatayotgan «PSJ» harakat qildi. Mbappening super öyini evaziga, Messi penaltidan gol urolmaganiga qaramay, boşlanişiga buni uddalayotgandi ham. Ammo javob öyinida Benzema katta sahnaga çiqib yulduzlar jamoasini soçib yubordi. Keyin «Çelsi» birinçi öyinda yengilgan bölsa-da, «Real»ni mahv etişiga bir bahya qoldi. Ammo Modriç va Benzema bu öyindan ham ğalaba bilan çiqib ketişdi. Yevropada eng zör jamoadek körinayotgan «Siti» ham irodali «Real» oldida ojiz qoldi.
Ançelotti jamoasining bu mavsumdagi öyinidan keyin kambek deganda «MYu»ni tilga oliş endi adolatsizlik böladi. Ha, «Kamp Nou»dagi «Bavariya»ga qarşi finalda dahşatli kambek qayd etilgan, ammo «Real» bu mavsumning özida bunday kambeklarning kamida uçtasini qayd etdi. Yana YeÇL pley-offlarida.
Bu ketişda «Real»ni heç kim yuta olmaydigandek körinmoqda. Finalda esa Ançelotti jamoasini «Liverpul» kutmoqda. 4 yil oldingi YeÇL finalida «Real»ga Kariusning şarmandali xatolari bilan mağlub bölgan, himoyasi zaif va Ramosning qöpolligi sabab öyindan çiqarilgan Salohsiz öynagan jamoa. Öşanda APLni 30 yillab yuta olmaslik bosimi sabab irodasiz jamoalar qatorida turgan «Liverpul» keyinçalik APLni ham, YeÇLni ham yutdi. Natijada Klopp jamoasida muzaffarlik xarakteri paydo böldi. Bugungi «Liverpul» darvozasi va himoyasi havas qilgulik holatda, hujumdagi rotatsiya imkoniyati juda keng.
Inglizlar finalga tayyorlaniş uçun juda kam vaqtga ega böladi, çunki Klopp jamoasi APL çempionlik poygasiga «Siti»dan 1 oçko ortda qolmoqda. Bu esa kuraş oxirgi turgaça davom etadi, degani. «Real» esa çempionlikni hal qilib bölgan. «Liverpul» yetakçisi Muhammad Saloh YeÇL finalida «Real» bilan öynaşni istaşini aytgandi. Tundagi öyindan keyin esa misrlik superyulduz «Real» bilan öyinda jarohat sabab öyinni yiğlab tark etayotgani tasvirlangan suratini joylab, «Hisob-kitobimiz bor» deb yozdi. Xullas, finalda «Real»ga mavsumdagi eng qiyin raqibi – qasoskor «Liverpul» duç keladi. Biroq Saloh va jamoasida motivatsiya har qança yuqori bölmasin finalda faqat bir jamoaning ğalabasi sensatsiya böladi – «Liverpul»ning. Hozirça esa «Real»ni YeÇLda mağlub etiş formulasi yöqdek körinmoqda.
Öyin tugaşi bilan Kun.uz kolumnisti Qahramon Aslanov quyidagi postni öz kanalida yozib qoldirdi:
Futbolga VARni kiritiş oson bölmagan. Gap faqat bu öyinni öylab topgan inglizlarning öta konservatorligidan emasdi. Futbolning jamoaviy sport içida ommaviyligining asosiy omili atributlarning kam bölişida hamdir – hokkey kabi har birimizga klyuşka şartmas, basketbol yoki voleybol maydonini quriş qiyinroq va hokazo.
Şuning uçun ham futbolni hamma öynaydi. Jahon çempionati finali va Angliyadagi 7-liga öyini şaklan farq qilmasligi öta muhim. Ammo barça sohalar singari futbol ham ösib boradi, taraqqiylaşadi, asosiysi ilm kirib keladi. Futbol ham qaysidir ma’noda öyindan fanga yaqinlaşib boraveradi: maydondagi bahsdan ham köra turli çizmalar, sxemalar, loyihalar, taktikalar köproq gapiriladi – planşetlar davri.
«Real» esa, göyoki mana şunday zamonda, bir paytlar futbolga begona bölgan atributlar qarşisida haqiqiy futbolni himoya qilayotgan qahramonga öxşaydi. Rostdan ham.
Agar «Siti» yutganida, mutaxassislar uning nimaning hisobiga yutganini tuşuntirib bera olişardi. Çizmalar, sxemalar, strelkalar yordamida. Balki tuşunmasdim, ha, futbol murakkab fan derdim, töqson daqiqa futbol tomoşa qilib, heç narsani tuşunmagan tomoşabin roli u qadar qoniqarli bölmasa-da, majbur qabul qilardim – futbol hozir şunaqa. Men yoşligimda öynagan futboldan qançalik uzoq afsuski.
Ammo «Real»ning ğalabasini oson tuşunaman. Kimdir tez yugurdi, kimdir yaxşi tepdi, kimdir zör sakradi, kimdirni yiqitişdi. U vaqt çözdi, bu dovdiradi, unisi çarçab qoldi va hokazo. Naqadar zör, naqadar ajoyib öyin bu futbol. Bolaligimdagi sevimli öyinning özginasi.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi