Moskvaning yadro quroli borasidagi diplomatik tahdidlari kor qilmagan körinadi, çunki avval Ukrainaga faqat himoyalanişga imkon beruvçi qurol yetkazilgan bölsa, endi hujumkor qurol berişga ötişdi. Masalan, uruş boşida Ukrainaga qurol berişdan tiyilgan Germaniya tanklar yetkazib bermoqçi.

Amerikalik siyosatçilar Ukrainaga har qanaqasiga yordam berayotgani haqida oçiq gapirmoqda. BBC bilan suhbatda bölgan ekspertlarning fikriça, Ğarb Rossiyaning tahdidlaridan çöçimayotgan bölsa-da, hamon NATO va Rossiya örtasidagi töğridan töğri töqnaşuv sodir bölişini istamaydi.

«Uruş Ğarb va Rossiya örtasidagi qarama-qarşilik»

AQŞ mahalliy telekanallari Rossiyaning «Moskva» krayseri ukrain harbiylari tomonidan AQŞ razvedkasi taqdim etgan ma’lumotlar yordamida çöktirilgani haqida xabar tarqatdi. Keyinroq Ukraina rossiyalik generallarni ham AQŞ taqdim etayotgan razvedka ma’lumotlari yordamida yöq qilgani haqida xabarlar paydo böldi.

AQŞ tomoni Ukrainaga razvedka ma’lumotlari berayotganini yaşirgani ham yöq. Volodimir Zelenskiy ham mamlakat razvedkasi ğarblik hamkasblari bilan birgalikda işlayotganini aytdi. Bunday xabarlar tarqalayotgan bir vaqtda AQŞ davlat kotibi Entoni Blinken hamda Pentagon rahbari Lloyd Ostin Kiyevga bordi. Amerikalik ikki yuqori lavozimli mansabdor Ukraina uruşda ğalaba qozona olişini aytdi. AQŞ qurolli kuçlari birlaşgan ştabi rahbari Mark Milli ham Ukraina kuçli, mustaqil va hamma hududini töliq nazorat qila oladigan davlat bölişini istaşini aytdi.

Britaniya taşqi işlar vaziri Liz Trass qirollik Kiyevga bosib olingan yerlarini qaytarişda yordam berişini aytdi.

BBC bilan suhbatda bölgan Britaniya qurolli kuçlari birlaşgan qömondonligi sobiq rahbari ser Riçard Barronsning aytişiça, NATOga a’zo davlatlarning özini tutişi çindan özgargan.

«Ukrainani qöllaş kuçaytirildi. Ammo Rossiya va NATO örtasida uruş çiqarmaydigan darajada. Uruş Ukraina va Rossiya örtasida keçmoqda, töqnaşuv esa Ğarb va Rossiya örtasida», deydi BBC bilan suhbatda general Barrons.

Uruş boşlanişidan avval AQŞ va Britaniya yetakçilari Rossiyani jiddiy oqibatlardan ogohlantirgan edi. Bu esa mamlakatga qarşi keskin iqtisodiy sanksiyalar va Ukrainaga Rossiya bosqinini sekinlaştiriş imkonini beradigan mudofaa qurollarini yetkazib beriş degani edi. Ser Riçard Barrons bunday yondaşuvni töğri deb hisoblaydi, ammo uning fikriça, NATO davlatlari Rossiya Ukrainaga bostirib kirmasligi uçun yetarliça harakat qilmagan, Rossiya bosqinni amalga oşirgaç esa NATO davlatlari töğri harakatlarni amalga oşirgan.