Agar AQŞ sanksiyalar natijasida eronliklarga yetkazilgan zararni qoplab bersa, Eron yadroviy kelişuvni imzolaşga tayyor. Bu haqda Eron taşqi işlar vazirligi matbuot kotibi Said Xatibzoda ma’lum qildi.
«Agar bugun AQŞ Eron xalqi çöntagidan tortib olganlarni qaytarişga qaror qilsa, yöqotganlarimizni qoplab berişga rozi bölsa va huquqlarimizni hurmat qilsa, biz ertagayoq Venaga qaytamiz va kelişuvni imzolaymiz», - dedi diplomat.
Xatibzoda Qatarning bu masalada vositaçi bölişga urinayotganiga izoh berarkan, Eron yadroviy kelişuv böyiça muzokaralar uçun uçinçi mamlakatlarga muhtoj emasligini ta’kidladi.
«Muzokaralarda bir tomonda «4+1» mamlakatlari va Eron, ikkinçi tomondan AQŞ qatnaşmoqda. Eron «4+1» mamlakatlari bilan muzokaralarda uçinçi mamlakatga muhtoj emas. Qatar doim Eronning huquqlarini qöllab-quvvatlagan», - dedi u.
2015 yilda Eron va BMT xavfsizlik kengaşi a’zolari (AQŞ, Rossiya, Xitoy, Buyuk Britaniya va Fransiya) hamda Germaniya örtasida yadroviy kelişuv imzolagandi.
AQŞ 2018 yilda kelişuvdan bir tomonlama tartibda çiqib ketganidan söng, Eron kelişuv böyiça majburiyatlarini bajarişni töxtatgandi.

















