Prezident Şavkat Mirziyoyev huzurida ğallaçilikdagi islohotlarning eng muhim bosqiçiga bağişlangan yiğiliş bölib ötmoqda. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar bermoqda.
“Körib turibsizlar, jahon bozorlarida oziq-ovqat narxlari kun sayin yuqori sur’atlar bilan ösmoqda.
Bugungi kunda xalqaro birjalarda 1 tonna buğdoy 400 dollardan sotilmoqda va yil boşiga nisbatan 30 foizga oşdi.
Bunday vaziyatda narx-navo barqarorligini ta’minlaşning yagona töğri yöli bu – fermerlar manfaatdorligini ta’minlaş, hosildorlikni oşiriş orqali bozorda taklifni köpaytiriş hisoblanadi.
Buning uçun ğallaçilikda bozor mexanizmlarini töliq joriy etiş zarur.
Biz bu islohotlarga uzoq tayyorgarlik kördik. Barça masalalarni puxta hisob-kitob qilib, bu işlarni bosqiçma-bosqiç amalga oşirib kelayapmiz”, dedi prezident yiğiliş avvalida.
Yutuqlar va kamçiliklar
Sohada xususiy sektorga keng yöl oçilgani tufayli uning uluşi tobora ortib borayotgani ta’kidlandi. Xususan, sönggi uç yilda hududlarda quvvati qariyb 3 million tonna bölgan 160 dan ortiq yirik xususiy don korxonalari iş boşladi.
Yiğilişda ötgan yilda respublika böyiça qariyb 3,5 million tonna un işlab çiqarilgani, şundan 54 foizi xususiy don korxonalari hissasiga töğri kelgani körsatib ötildi.

“Lekin, bugungi kunda “Özdonmahsulot” kompaniyasi tarkibidagi 43 ta don korxonalari yangi bozor şaroitlarida samarali işlaşga tayyormi? Afsuski, bu savolga javob ijobiy emas.
Şu paytgaça kompaniya tarkibidagi don korxonalari fermerlardan tayyor buğdoyni qabul qilib, uni qayta işlaş bilan şuğullanib kelgan.
Oqibatda, ularning un işlab çiqariş quvvatlaridan foydalaniş darajasi örtaça 60 foizdan oşmaydi”, deya tanqid qildi Şavkat Mirziyoyev.
Qayd etilişiça, davlat don korxonalarining tegirmon xarajatlari xususiy sektorga nisbatan 20-25 foizga yuqori, rentabellik esa 2 baravar kam.














