18:15 / 13.05.2022
21516

Aprelda O‘zbekistonga 1 mlrd dollardan ortiq pul o‘tkazmalari kelib tushgan

2022 yilning dastlabki 4 oyida trancchegaraviy pul o‘tkazmalari 2,54 mlrd dollarni tashkil qildi. Birgina aprel oyida 1,07 mlrd dollardan ortiq pul o‘tkazmasi kelib tushgan.  

Foto: Morteza Nikoubazl / Zuma / TASS

Markaziy bank 2022 yilning 4 oyida transchegaraviy pul o‘tkazmalari haqida ma’lumot berdi.

Raqamlar 2022 yil yanvar-aprel oylarida respublikaga kelib tushgan xalqaro transchegaraviy pul o‘tkazmalari 2,54 mlrd dollarni tashkil etganini ko‘rsatmoqda. Bu 2021 yilning mos davriga nisbatan 27 foizga (548 mln dollar) ko‘proq degani.

Ahamiyatli jihati shuki, aprel oyining o‘zida 1,07 mlrd dollar pul o‘tkazmasi kelib tushgan (o‘tgan yilning aprel oyida 57 mlrd dollar). Markaziy bank 2022 yilning 3 oyida 1,47 mlrd dollar pul o‘tkazmalari amalga oshirilgani haqida ma’lumot bergandi.

Shuningdek, valuta ayirboshlash operatsiyalari ham sezilarli darajada oshgan.

Joriy yilning yanvar-mart oylarida tijorat banklari tomonidan jismoniy shaxslardan jami 3,27 mlrd dollar mikdorida yoki 2021 yilning mos davriga nisbatan 53 foiz (1,1 mlrd dollar) ko‘p xorijiy valuta sotib olindi.

Tijorat banklari orqali jismoniy shaxslarga jami 2,23 mlrd dollar mikdorida yoki 2021 yilning mos davriga nisbatan 64 foizga (872 mln dollar) ko‘p xorijiy valuta sotildi.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yil davomida O‘zbekistonga 8,1 mlrd dollar pul o‘tkazmalari yuborilib, yangi tarixiy maksimum qayd etilgandi.

Top