2026 yilning yanvar-iyun oylarida xalqaro pul o‘tkazmalari tizimlari orqali O‘zbekistonga 9,3 mlrd dollar kelib tushdi. Bu 2025 yilning mos davriga nisbatan 13 foizga, 2024 yilning mos davriga nisbatan esa 44 foizga ko‘p.
«2026 yilning yanvar-iyun oylarida xalqaro pul o‘tkazmalari orqali mamlakatimizga 9,3 mlrd dollar miqdorida valyuta mablag‘lari kelib tushgan bo‘lsa, 1,3 mlrd dollar mablag‘ chiqib ketdi hamda 8 mlrd dollarlik ijobiy saldo shakllandi», deyiladi Markaziy bankning ichki valyuta bozori sharhida.
Shuningdek, O‘zbekistondan xorijga o‘tkazilgan mablag‘lar hajmi 1,33 mlrd dollarni tashkil etdi. Bu bir yil oldingidan (1,23 mlrd dollar) 8,1 foizga va 2024 yilning birinchi yarmidagi ko‘rsatkichdan (1,25 mlrd dolar) 5,9 foizga ko‘p.
Oxirgi yillarda dinamika qanday o‘zgardi?
2017-2025 yillar oralig‘ida O‘zbekistonga amalga oshirilgan pul o‘tkazmalari dinamikasining o‘zgarishi quyidagicha bo‘lgan:

2020-2025 yillar oralig‘ida mamlakatga yuborilgan o‘tkazmalar miqdori 3 barobarga, ularning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi esa 8,6 foizdan 12,8 foizgacha ko‘paydi.











