Yanvar oyida Özbekistonga transçegaraviy ötkazmalar hajmi 18 foizga oşib, 506,1 million dollarni taşkil etdi, deb xabar bermoqda Markaziy bank matbuot xizmati.
Regulyator ma’lumotlariga köra, 2022 yil yanvar oyida Özbekistondan xorijga 127,6 million dollar jönatilgan, bu 2021 yilning şu davriga nisbatan 26 foizga köpdir.
2021 yilda Özbekistonga pul ötkazmalari hajmi 8,1 milliard dollarni taşkil etib, yangi tarixiy körsatkiçga yetdi.
2021 yilning 12 oyi davomida xalqaro pul ötkazmalari tizimlari orqali tuşumlar hajmi 8,1 milliard dollarni taşkil etdi, bu 2020 va 2019 yillarga nisbatan 34 foizga köpdir. Respublikadan jönatilgan valuta mablağlari hajmi 1,6 milliard dollarni taşkil etdi.

















