Ikki oylik tanaffusdan söng Eron bilan yadroviy kelişuv böyiça muzokaralar qaytadan boşlandi. Bu haqda Yevroittifoqning taşqi işlar va xavfsizlik siyosati böyiça oliy vakili Jozep Borrel ma’lum qildi.
Uning sözlariga köra, boşi berk köçaga kirib qolgan muzokaralar qaytadan boşlangan.
Joriy hafta boşida Yevropa taşqi aloqalar xizmati rahbari örinbosari Enrike Mora Tehronga safar qilgandi. U Venadagi muzokaralarda YeI nomidan qatnaşadi.
Avvalroq Eron taşqi işlar vazirligi matbuot kotibi Said Xatibzoda AQŞ sanksiyalar natijasida eronliklarga yetkazilgan zararni qoplab bersa, Eron yadroviy kelişuvni imzolaşga tayyorligini aytgandi.
2015 yilda Eron va BMT xavfsizlik kengaşi a’zolari (AQŞ, Rossiya, Xitoy, Buyuk Britaniya va Fransiya) hamda Germaniya örtasida Eron yadroviy dasturi böyiça kelişuv imzolangandi.
AQŞ 2018 yilda kelişuvdan bir tomonlama tartibda çiqib ketganidan söng, Eron kelişuv böyiça majburiyatlarini bajarişni töxtatgandi.

















