Şu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda kötarilgan energetika islohoti mavzusiga iqtisodçi Şuhrat Qurbonov ham öz Telegram-kanalida munosabat bildirdi.
“Aytaylik, 1 kVt/soat [elektr energiyasi]ning haqiqiy narxi 450 söm (yuridik şaxslar uçun belgilangan narxdan kelib çiqib taxmin qildim). Maişiy iste’molçilar uçun esa 295 söm. Örtada 155 söm farq çiqyapti. Bu farq yakunda davlat tomonidan qoplanadi (ya’ni bizning hisobimizdan). Bu degani, işlatilgan har bir kilovatt, aniqroği undan keladigan zarar soliq tölovçilar hisobidan qoplanadi.
Töğri, kimdir bu axir davlatning vazifasi-ku deyişi mumkin. Lekin bu aslida u qadar töğri emas. Qaçondir öylab körganmisiz, bundan yana öşa şaharlarda yaşaydigan boylar (mayli, öziga töqlar deya qolaylik) yutadi. Nega?
Xöş, şaharda yaşaydigan [daromadi] örtamiyona kişi oyiga qança işlatadi – 200 kVt, 300 kVt? Tumanlarda bundan ham kamroq (ayniqsa, elektr yöqligini hisobga olsak). Endi tasavvur qiling, kattagina kvartirada yoki hovli-uyda yaşaydigan, 4-5ta konditsioneri, har bitta xonasida televizori bor va hokazo şaroitlarga ega odam qança elektr işlatadi? Turgan gapki, 1000 kVt.dan köproq.
Bundan kelib çiqadiki, [daromadi] örtamiyona odam davlatdan oyiga 200x155 söm miqdorida (bilvosita) subsidiya oladi, bu 31 ming söm degani. “Örtamiyona bölmagan” kişi esa davlatdan 1000x155 söm = 155 000 söm oladi.
Yakunda, elektr energiyasi uçun sun’iy arzonlaştirilgan narxdan bunday arzonlaştirişga muhtojligi bölmaganlar katta foyda köradi.
Bu yerda muhim nyuans bor. Agar islohot/liberalizatsiya qiliş xohişi bölsa, buni odatdagidek narxlarni oşiriş şaklida qilinmasligi kerak. Bu borada elektr energiyasi narxi oşişidan birinçi bölib jabr çekadigan aholining zaif qatlamlarini qöllab-quvvatlaş böyiça avvaldan manzilli davlat siyosatini işlab çiqiş lozim. Aynan zaif qatlamlarni qöllab-quvvatlaş davlatning eng muhim vazifasidir”, – deydi Şuhrat Qurbonov.
Bugun, 12 may kuni energetika vaziri örinbosari Şerzod Xöjayev energiya ta’minotida tabaqalaştirilgan tariflarga ötilişini











