10 may kuni ijtimoiy tarmoqlarda energetika sohasini erkinlashtirish yana ortga surilishi mumkinligiga oid xavotirlar paydo bo‘ldi. Iqtisodchi Otabek Bakirovga ko‘ra, pandemiya sababli kechiktirilgan islohotga endilikda Rossiya–Ukraina urushining oqibatlari to‘siq bo‘lishi mumkin.

Bakirov rasmiylar bu mavzuni kun tartibiga olib chiqmay qo‘ygani, “hamma jim bo‘lib ketgani”ni ta’kidlagan. Shuningdek, davlat korxonalari orasida eng ko‘p zarar bilan ishlayotgan 10ta korxonadan 7tasi bevosita yoki bilvosita energetika bilan bog‘liqligini qayd etgan.

2021 yilda davlatga qarashli 10ta korxona 5,9 trln so‘m zarar ko‘rgan, shu 10ta korxonadan 7tasi – energetikaga aloqador. Infografika: Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

“Soha korxonalari qiyofasida biz energetika sohasiga bozor kirib bormagani uchun juda katta tovon to‘lamoqdamiz va bu tovon summasi yildan yilga oshib bormoqda. Raqamlarda aks etmagan ziyonni-ku hech bir qiymat bilan o‘lchab bo‘lmaydi”, – deya yozadi Otabek Bakirov.

Mazkur postni Harvard universiteti doktoranti, iqtisodchi Botir Qobilov hamda taniqli Davletovuz Telegram-kanali ham o‘z sahifalarida ulashdi.

Uzoq kutilgan hujjat qachon tayyor bo‘ladi?

O‘zbekistonda energiya resurslari va tabiiy gaz bozorlari (ijtimoiy himoya kafolatlarini belgilagan holda) erkinlashtirilishi kerak. Bu – prezident farmoni bilan tasdiqlangan 2022 yilgi davlat dasturida belgilangan.

Dasturga binoan, 2022 yil aprelgacha bu borada prezident qarori loyihasi ishlab chiqilishi ko‘zda tutilgan. Loyihada quyidagilar nazarda tutilishi kerak:

  • energetika sohasida sog‘lom raqobat muhitini rivojlantirish;
  • barcha ishtirokchilarga