Ukraina tomonining bayonotlari

Volodimir Zelenskiy an’anaviy tungi murojaatida Rossiyaning strategik mağlubiyati oçiq-ravşan ekanligini ta’kidlagan.

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy. Foto: president.gov.ua

«Ruslarning strategik mağlubiyatga uçraganini butun dunyo ahli oçiq-ravşan körib turibdi. Şunçaki, Rossiyada buni tan oliş uçun hozirça jur’at yetişmayapti. Ular qörqoq. Haqiqatni raketa, aviatsiya va artilleriya zarbalari ortiga berkitmoqda. Şu sababli, bizning boş vazifamiz — toki öz maqsadimizga yetişmagunimizça kuraşişdan iborat. Tuproğimizni, odamlarimizni himoya qilib, xavfsizligimizni işonçli ta’minlaşimiz lozim», — degan Zelenskiy uruşning 78-kunidagi özining tungi murojaatida.

Ukraina taşqi işlar vaziri Dmitro Kuleba nemis kompaniyalarini Rossiyani tark etib, Ukrainaga kelib joylaşişga çorladi.

Kulebaning Tvitter akkauntidagi yozuvdan skrinşot.

«Rossiya Ukrainada qabih işlarni davom ettirayotgani bois Rossiyada hamon biznes yuritayotgan xorijiy kompaniyalarning daromadi ukrainlarning qoniga bulğangan. Men nemis biznesini Rossiyani tark etib, Ukrainaga köçib ötişga çaqiraman. Bu Yevropada tinçlik örnatilişi işiga samimiy hissa böladi», — degan Kuleba.

Ukraina uruş boşlanganidan buyon harbiy maqsadlarga 8,3 mlrd dollar sarflagan. Bu haqda Ukraina moliya vaziri Sergeya Marçenkoga tayanib, Reuters agentligi xabar bermoqda.

Vazirning sözlariga köra, bu mablağlarni Moliya vazirligi budjetda avvalboşda rivojlaniş uçun ajratilgan mablağlardan olgan. Pullar hamma narsaga — qurol-yaroğ sotib oliş va ta’minlaşdan tortib, mamlakat içida köçgan insonlarni şoşilinç qöllab-quvvatlaşgaça sarflangan.

Xorijga juda köp ayollar va bolalar çiqib ketganligi sababli Ukrainani demografik inqiroz kutişi mumkin, deya