2022 yilning fevralidan apreligaça Rossiyadagi dökonlarda öğrilik darajasi ötgan yilning şu davriga nisbatan 18 foizga oşdi. Bu haqda 15 may, yakşanba kuni RBK naşri NTechLab yuzni tanib oliş tizimi işlab çiqaruvçisining tahliliy hisobotiga tayanib xabar berdi.
Hujjatda aytilişiça, asosiy «trend» öz-öziga xizmat körsatiş kassalarida tovarlarni öğirlaş bölgan. Uşbu turdagi öğriliklar soni uçdan bir qismdan köproqqa (34 foiz) oşgan. Bundan taşqari, savat bilan birga mahsulotlarni öğirlaş holatlari 27 foizga oşgan.
Öğirlangan mahsulotning örtaça pul miqdori 1,5 ming rublni taşkil etdi, bu ötgan yilga nisbatan 25 foizga yuqori. Köpinça qandolat mahsulotlari (barça öğirliklarning 19 foizi), kolbasa (16 foiz), alkogol (14 foiz), pişloqlar (13 foiz), qahva va kakao (7 foiz) javonlardan öğirlanadi, deydi mutaxassislar. Şuningdek, kiyim-keçak dökonlari, bolalar mollari va uy-rözğor buyumlari dökonlarida öğirliklar köpaygan.
«Sportmaster» guruhining biznes menejyeri Sergey Agibalov sözlariga köra, öğrilik holatlarining köpayişi mamlakatda muammolar ortganidan dalolat beradi. «Iqtisodiyot biroz pasaya boşlagaç, öğrilik holatlari köpaya boşlaydi», - deydi u.
Rossiyaning Ukrainadagi harbiy harakatlariga munosabat sifatida Moskvaga qarşi Rossiya iqtisodiyotiga ta’sir körsatadigan bir neçta sanksiyalar paketi joriy etilgan.












