Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyatidagi maktablardan birida öqituvçi öquvçilardan birini döpposlab tepgani tasvirlangan video tarqaldi. Holat yuzasidan Boş prokuratura matbuot xizmati ma’lumot berdi.

Aniqlanişiça, 2022 yil 22 aprel kuni Bandixon tumani Xalq ta’limi bölimiga qaraşli 4-maktabning ingliz tili fani öqituvçisi 9-sinf öquvçisi dars maşğulotlariga tayyorgarlik körmasdan kelgani uçun uni urib, tepgan.

Holat yuzasidan Bandixon tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari boşlangan. Tekşiriş doirasida öqituvçining xatti-harakatlari yuzasidan xizmat tekşiruvi tayinlangan.

Qayd etilişiça, tekşiruv harakatlari Surxondaryo viloyati prokuraturasi tomonidan alohida nazoratga olingan.

Hodisa yuzasidan Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati ham munosabat bildirib, vazirlik öqituvçilarning öquvçilarga nisbatan kuç işlatişini qattiq qoralaşini ma’lum qildi.

«Xalq ta’limi vazirligi öqituvçi tomonidan öquvçilarga kuç işlatiş holatini keskin qoralaydi. Bugungi zamon öqituvçilar öquvçilar bilan faqat döstona munosabat örnatiş orqali natijaga erişiş mumkinligini taqozo etadi. Har bir öquvçi bilan muammoni birgalikda ijobiy hal etiş – bugungi kun pedagogining burçi hisoblanadi. Agar döstona munosabat orqali natijaga erişişning imkoni bölmasa, buni hal etiş uçun bolaning ota-onasi yoxud uçastka noziri jalb etiş töğri sanaladi. Vazirlik, maktabda bunday holatlarning barça körinişlarini bartaraf etib, öqituvçilarni bosiqlikka va özaro kelişmovçiliklarni tinç yöl bilan hal etişga çaqirib qoladi», deyiladi munosabatda.