Qaror loyihasiga köra, 2022/2023 öquv yili uçun:
a) bakalavrlar tayyorlaş böyiça:
- kunduzgi ta’lim şakliga —76 728 nafar;
- sirtqi ta’lim şakliga — 27 365 nafar;
- keçki ta’lim şakliga — 2 575 nafar;
- masofaviy ta’lim şakliga— 3 610 nafar;
b) magistrlar tayyorlaş böyiça — 11 082 nafar;
v) xorijiy oliy ta’lim taşkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy ta’lim taşkilotlarida davlat granti asosida kadrlar tayyorlaş böyiça — 100 nafar kvota ajratiladi.
Qayd etilişiça, filiallar va nodavlat oliy ta’lim taşkilotlariga ajratilgan 100 nafar grantlarning buyurtmaçisi sifatida Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligi belgilanadi.
Belgilanişiça, moliyaviy va akademik mustaqillik berilgan OTMlarning Kuzatuv kengaşlari bir hafta muddatda oliy ta’lim muassasalariga tölov-kontrakt asosidagi qabul parametrlarini tasdiqlaydi.
Bunda, tölov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari soni mos yönalişga belgilangan davlat granti asosidagi qabul parametrlaridan kamida ikki barobar köp böladi.
Şuningdek, loyihada magistraturada öqiydigan xotin-qizlarning kontrakt puli qay tarzda qoplab berilişi ham körsatilgan.
- 2021/2022 öquv yilida respublika davlat oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga talabalikka qabul qilinib, tölov-kontrakt asosida tahsil olayotgan xotin-qizlarning 2022/2023 öquv yili uçun;
- 2022/2023 öquv yilidan boşlab, respublika davlat oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga ajratilgan qabul parametrlari doirasida bazaviy tölov-kontrakt asosida talabalikka qabul qilingan xotin-qizlarning öqişi uçun kontrakt tölovlari davlat budjetidan qoplab boriladi.













