Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda narkologiya xizmatini rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi tasdiqlandi
“Aholiga narkologik yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 2022–2026 yillarda O‘zbekiston narkologiya xizmatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi, 2022–2023 yillarda narkologiya muassasalarini tibbiyot uskunalari bilan jihozlashning (qo‘shimcha jihozlashning) asosiy parametrlari, 2022 yil yakuniga qadar narkologik bemorlarni ixtiyoriy va majburiy davolash uchun narkologiya dispanserlarida qo‘shimcha tashkil etiladigan o‘rinlar fondi tasdiqlandi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi va Ichki ishlar vazirligining narkologik kasallikka chalingan shaxslarni majburiy ravishda davolash tartibini takomillashtirish yuzasidan quyidagi takliflariga rozilik berildi:
ichki ishlar organlariga o‘z tashabbusiga ko‘ra, narkologik kasallikka chalingan shaxslarni majburiy davolashga yuborish yuzasidan hujjatlarni tayyorlash va rasmiylashtirish huquqini berish;
2023 yil 1 yanvardan boshlab:
- narkologik kasalliklarga chalingan shaxslarni majburiy davolashga yuborish bo‘yicha barcha tibbiy tekshiruvlarni narkologiya dispanserlarining o‘zida, zarur hollarda boshqa muassasalarda amalga oshirish;
- narkologiya dispanserlaridagi mavjud koykalar haqidagi ma’lumotlarni real vaqt rejimida olish imkoniyatini yaratish.
Endilikda kasallikka chalingan shaxslarni majburiy davolashga yuborish to‘g‘risidagi ishlarni elektron tarzda sudlarga yuborish va sudlar tomonidan ularni video-konferens-aloqa rejimida ko‘rib chiqish mumkin bo‘ladi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan narkologiya dispanserlari yoki tuman (shahar) davolash-profilaktika muassasalariga olib kelingan probatsiya nazoratidagi shaxslarni alkogolli ichimliklar, giyohvandlik vositalari ta’sirida yoki o‘zgacha tarzda mast holatda ekanligini aniqlash bo‘yicha tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish tartibini joriy etadi.
Mavzuga oid
12:30 / 29.12.2025
Bo‘stonliqda tog‘da qolib ketgan 3 nafar fuqaroga yordam ko‘rsatildi
11:27 / 09.12.2025
Majburiy narkologik davolash 18 oydan oshmasligi qonunan belgilab qo‘yildi
13:26 / 22.07.2025
Rossiyada qiyin ahvolda qolgan fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi
07:36 / 14.07.2025