Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda avtobuslarga chiqish old eshikdan, tushish orqa eshikdan bo‘ladi
«Toshshahartransxizmat» yo‘lovchilar endi avtobus va elektrobuslarga old eshikdan chiqib, orqa eshikdan tushishi haqida ma’lum qildi. Bu ularga qulaylik yaratish va transport madaniyatini shakllantirish maqsadida joriy etilgani aytildi.
«Toshshahartransxizmat»ning xabar berishicha, avtobuslar va elektrobuslarga endi old eshikdan chiqib, o‘rta va orqa tomondan chiqish joriy etiladi.
Kirish joyida yo‘l haqini haydovchi yonida o‘rnatilgan qurilma (validator)ga transport kartasini tekkizish orqali yoki naqd pulda to‘lash kerak.
Qayd etilishicha, qaror yo‘lovchilarga qulaylik yaratish, transportga chiqish va tushirishni tartibga solish maqsadida qabul qilingan.
Ko‘chalardagi ba’zi elektrobuslarda old eshikka yashil, o‘rta va orqa eshiklarga qizil belgi yopishtirib chiqildi.
Mavzuga oid
10:20
Andijonda davlat zaxirasidagi yerni 160 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan fuqaro ushlandi
09:00 / 01.07.2026
Toshkent va Navoiyda mansabdorlar pora bilan ushlandi
22:48 / 28.06.2026
Toshkentda “svet” o‘chishi oqibatida attraksionda qolib ketgan odamlar tushirib olindi
21:23 / 28.06.2026