Quyidagi hikoyani ança yillar avval bir insondan eşitgan edim. Aytişiça, voqea aynan uning özi bilan sodir bölgan va u ança paytgaça ta’sirlanib yurgan ekan.
«Ança yillar oldin iş yuzasidan Moskva şahriga bordim. U yerda bir neça kun yurar ekanman, böş paytimda şaharning diqqatga sazovor joylarini borib körişga harakat qildim. Şu jumladan Moskvadagi masjidlarni ham.
Masjidlarga asosan namoz paytida borişga harakat qilardim. U yerda turfa millatlarning bir safda turib ibodat qilişini kuzatiş yoqimli edi. Namozdan söng masjidni tomoşa qilardim.
Şunday kunlarning birida peşin namozi vaqtini möljallab, şahardagi masjidlardan biriga jönadim. Namoz öqilişidan biroz oldin manzilga yetib bordim.
Masjid eşigi oldida yölimni buğdoyrang, körinişidan özimizning yurtdoşlarimizga öxşab ketadigan, örta yoşlardagi bir yigit tösdi. Yigitning qölida rus tilida moddiy yordam sörab yozilgan qoğoz ham bor edi.
Yigit meni kavkazlik yoki arabga öxşatdi şekilli rus tilida gap boşladi:
«Men falon davlatdan kelganman. Körinişingdan savobtalab odamga öxşayapsan. Yurtimda, men yaşaydigan viloyatda katta masjid qurilyapti. Davlatimiz va saxiy odamlar yordam berişyapti, ammo masjid judayam katta qilib qurilayotgani tufayli baribir mablağ yetmayapti. Şunga sen ham baholi qudrat hissangni qöşsang savob bölardi. Mablağ qança tez yiğilsa, masjid qurilişi şunça tez bitadi».
Yigitning talaffuzi juda yomon, rus tilini buzib, zörğa gapirardi. Uning tutilib-tutilib gapirgan gapini oxirigaça sabr bilan eşitdim. U yolğon gapirayotgan edi.
Yigit tilga olgan viloyat markazida avvalroq katta masjid qurib bitkazilgan, namozxonlar u yerda allaqaçon ibodat qilişayotgandi. Demak, u Moskvadagi masjidlar oldida turib, yolğon gaplar bilan yurtimiz obrösini tökib, şu bahona har kimlardan tilanib pul sörab yuribdi.
Taxminimça, u bu işni birinçi marta ham, oxirgi marta ham qilayotgani yöq. Katta ehtimol bilan u oson pul topişning şu yölini öziga kasb qilib olgan va «masjid qurilişi»ni bahona qilib, Moskva masjidlariga keluvçilardan pul sörab yurgan.
Yigitning yuziga birpas qarab turdimda, çöntagimdan pul çiqarib qöliga tutqazdim. Söng özbekçalab «Nega yolğon gapirasan, sen aytayotgan joyda qurilayotgan masjid avvalroq bitib bölgan. Boşqasi qurilayotgani yöq. Sen tilançisan. Mana bu pulni ol, ammo tilanib yurgan paytingda yurtimiz nomini tilga olma. Masjid qurilişiga pul yetmayotgani haqidagi gapni umuman gapirma. Aks holda, şu yolğon gaplaringni yana aytib, odamlardan pul sörayotganingni körsam, politsiyaga topşirib yuboraman», dedim.
Yigit özbekça gapirganimni körib avvaliga angrayib qoldi. Politsiyani eşitib yuzi qizardi va atrofga alanglab qarab qöydi. U gapini yöqotib qöygandi.
Men unga e’tibor bermay masjid eşigiga qarab yurdim. Şu payt yigit ham meni hayron qoldirib ortimdan ergaşdi.
Şu payt xayolimda «qara-ya, yigitning insofi va vijdoni bor ekan. Nasihatim unga kor qildi. Mana endi tavba qilib, gunohlariga Yaratgandan mağfirat söraş uçun masjidga kirmoqçi», deb öyladim. Hatto biroz avval unga qattiq gapirganim uçun xijolat böla boşladim.
Yigit orqamdan kelar ekan, men dahlizda tuflimni yeçib bir çetga qöydim va masjidga kiriş uçun içkaridagi eşik tomon yurdim. Eşikni oçar ekanman, yigitga qaraş uçun ortimga burildim. Şu payt ortimdan dahlizga kirgan yigit özining eski, kiyilaverganidan osti yedirilib ketgan tuflisini yeçdi. Söng çaqqonlik bilan mening tuflimni kiyib, köçaga öqday otilib çiqib ketdi.
Bir zum nima qilarimni bilmay qarab qoldim. Xayolim öziga kelganda esa yigit allaqaçon masjiddan uzoqlaşib, körinmay ketib bölgan edi. Şu onda men qimmatbaho tuflimdan ayrilganim uçun emas, balki yurtdoşimning masjiddan oşkora öğrilik qilgani uçun ğazablanardim. Ammo endi yigitni quvib yetib yoki qidirib topişning iloji yöq edi.
Taqdirga tan berib, namozni öqidim. Masjiddan çiqib yigit qoldirib ketgan eski tuflini kiydim. Qarasam tagi teşikligi tufayli yomğirli havoda içi suvga tölgan ekan, paypoğim va oyoğim höl böldi.
Şu holda masjid yaqinidagi dökonga borib, yangi tufli va paypoq sotib oldim. Qaytib masjidga keldim va tahoratxonada oyoğimni obdon yuvib, yangi tufli hamda paypoqni kiyib masjiddan çiqib ketdim. Bir neça kun deganda işlarim bitdi va yurtimizga qaytib keldim. Keyinçalik işlarim bilan bölib, u voqea esimdan ham çiqib ketdi.
Kunlardan bir kun iş yuzasidan qöşni viloyatga borişga töğri kelib qoldi. Yonimga bir döstimni olib, maşinamda jönadik. Ikki viloyatni örtasida joylaşgan toğdagi dovon yölidan ketib borar ekanmiz, manzara juda çiroyli edi. Döstim bilan birpas oyoqlarning çigilini yoziş va tabiatni tomoşa qiliş uçun töxtadik.
Atrofning gözalligiga mahliyo bölib şu yerda biroz qolib ketdik. Şu payt dovonning tepasidan bir maşina tutunni burqsitib tuşib kelaverdi. Yaqinlaşganda qarasak, hammayoği çirigan, paçoqlanaverganidan böyoqlari köçib tuşib ketgan eski bir «Moskviç» maşinasi ekan. U biz turgan joyga yetib kelganda paq-paq etib ovoz çiqardi va öçib qoldi. Bu maşinani boşqarib kelayotgan odam dovonning tepasigaça qanday çiqqaniga hayron böldik.
Maşina töxtagandan keyin, undan bir yigit tuşdi. U oldimizga kelib, maşinasini tuzatiş uçun kalitlarni berib turişimizni söradi. Kalitlarni olib beriş uçun maşinam tomon yurar ekanman yigitning yuzi va ovozi menga taniş tuyulardi. Ammo uni qayerda, qaçon körganimni harçand urinsam ham eslay olmasdim.
Maşinam yukxonasidan egilib kalitlarni olar ekanman yonimda turgani uçun közim yigitning oyoğidagi befarosatlarça kiyilaverganidan paçoği çiqib ketgan tuflisiga tuşdi. Şu zahoti uning kimligini esladim. Bu öşa Moskvadagi masjidda öğrilik qilgan yigit, oyoğida öşa öğirlangan tuflim edi.
Kalitlarni qöliga berar ekanman, yigitning başarasiga beöxşovroq tarzda kulimsirab qaradim. U ğalati qarayotganimdan hayron böldi, ammo oşiqça savol söramadi. Kalitlarni oldi-yu, «tanka»si tomon ketdi.
Yigit maşinasiga unnar ekan, döstimning oldiga borib, unga kula-kula Moskvadaga voqeani aytib berdim. Şunda döstimning avzoi buzildi.
«Hozir borib unga öşa voqeani eslataman va oyoğidan eski bölsa-da tuflingni yeçib olaman. Yigitni oyoqyalang holda qoldirsak bu unga saboq böladi, qaytib boşqalarning narsasini öğirlamaydigan, yurtimizning nomi sotmaydigan böladi», dedi.
Men bunga rozi bölmadim. «Qöy döstim, özi şundoq ham uning ahvoli tang. Aks holda şu «metallolom»da yurmasdi. Qolaversa, umrning mazmunini oson pul topişdan iborat deb biladigan va yolğon gapirib, birovlarning hisobidan yaşaşga odatlangan odamga nima ham derding?! Unga şu jazoning öziyam yetadi», deb uni bu işdan qaytardim.
Şu tariqa döstimning «yigitning esini kiritiş» rejasi amalga oşmadi. Hatto yigitga gapirişiga ham ruxsat bermadim. Birpasdan keyin yigit amallab maşinasini öt oldirdi. Söng rahmat aytib kalitlarni qaytarib berdi va yölida ketdi. Birozdan keyin biz ham yölda davom etdik.
Hayotda turfa xil insonlar juda köp. Kimdir töğri va halol yaşaşga urinsa, yana kimdir şu yigit kabi notöğri yöllarga kiradi va oson pul topişni öziga odat qiladi. Jazolaş har doim ham insonni yaxşi tomonga özgartira olmaydi. Gohida keçirimli böliş kimlarningdir insofga kelişiga sabab bölişi mumkin. Öşanda yigitga Moskvada bölgan işni eslatmay töğri qildik, deb öylayman».
Ğayrat Yöldoş













