Içki işlari organlari xodimlarining fuqarolarga nisbatan noqonuniy xatti-harakatlaridan navbatdagisi Samarqand şahrida röy berdi. Bu galgi jabrlanuvçilar – sayyohlar.

PPX xodimlari Samarqandda Qozoğistondan kelgan bir neça sayyoh va ularning özbekistonlik hamrohlaridan iborat guruhni, ular pasportlarini körsatgan bölişlariga qaramay, şaxsini tasdiqlaş uçun majburan IIBga olib borişgan.

Biror-bir huquqbuzarlik sodir etmaganiga işonçi komil bölgan sayyohlar IIBga borişdan boş tortişgan, bunga javoban xodimlar qöşimça kuçlarni çaqirib, ularga elektroşoker qöllaşgan.

Hodisa videolari, şuningdek, fuqarolarga yetkazilgan jarohatlar suratlarini Instagram'dagi “Black List Tashkent” kanali e’lon qildi.

Içki işlar vazirining matbuot kotibi Şohrux Ğiyosov Samarqand şahar PPX xodimlari xizmat vazifasi va elektroşoker qöllaş vakolatini suiiste’mol qilganini tan oldi. Holat böyiça IIV Şaxsiy xavfsizlik xizmati va prokuratura hamkorligida tekşiruv boşlangan.

“Tekşiruv yakuniga köra, qonunçilikka zid harakat qilgan barça xodimlarning hamda faoliyatga mas’ul rahbarlarining xizmatdan böşatilişi va javobgarlik masalasi körib çiqiladi”, dedi Ğiyosov.

IIV sözçisi öz bayonotida PPX xodimlari fuqarolarni tegişli bölimga olib borişgani ularga “plan” belgilab berilgani bilan boğliqligiga izoh bermagan.

Hodisa videosida xodimlardan biri: “Muammo yöq, şunçaki menga plan qöyilgan” degani eşitiladi.

Voqea Samarqanddagi Mirzo Uluğbek köçasida, 21 mayga ötar keçasi soat taxminan 03:30–04:00 oraliğida röy bergan. Bu vaqtda esa, xodimlarning da’vo qilişiça, köçada yuriş mumkin emas.

“Problemani sizlar qilyapsizlar. Soat 23:00dan keyin Samarqand şahrida “Xavfsiz tun” tadbiri. [Hozir esa] soat öntakam tört”, – degan PPX xodimlaridan biri.

Fuqarolar avvaliga özlarini ança bosiq tutişgan: yonlarida pasportlari borligini aytib, körsatişgan; tinçgina qöyib yuborişlarini iltimos qilib, turistik politsiyani çaqirişni söraşgan – ularning bu iltimoslari qondirilmagan. Xodimlar bir neça marta “ötir maşinaga” deya qöpol munosabatda bölib, talab qondirilmagaç, qöşimça kuçlar çaqirgan.