Vaşington Xitoy va Tayvanga nisbatan siyosatini özgartirmadi, deya ma’lum qildi 23 may, duşanba kuni AQŞ mudofaa vaziri Lloyd Ostin. Avvalroq AQŞ prezidenti Jo Bayden, agar Xitoy Tayvanga qarşi qurolli tajovuz qilsa, mamlakat unga harbiy yordam körsatişiga va’da bergan edi.

Tokioda Yaponiya boş vaziri Fumio Kisida bilan uçraşuv çoğida jurnalistning AQŞ Tayvan Pekin tomonidan hujumga uçragan taqdirda unga «harbiy yordam körsatişi» haqidagi savoliga Bayden «Ha», deb javob berdi. «Bu biz olgan majburiyat», deya qöşimça qildi u.

«Bizning siyosatimiz özgarmadi, - dedi Ostin 23 may kuni keçqurun AQŞ rahbarining bayonotlarini şarhlar ekan. - Prezident aytganidek, bizning «yagona Xitoy» siyosatimiz öz kuçida qoladi».

Hozirça AQŞ Tayvanga nisbatan «strategik noaniqlik» tamoyiliga amal qilgan. Bir tomondan Vaşington Tayvanga mudofaa qobiliyatini rivojlantirişga yordam berdi. Boşqa tomondan, u uruş bölsa, unga yordam körsatiş borasida aniq va’da bermagan.

Pekin Tayvanni özining ajralib çiqqan provinsiyasi, deb hisoblaydi, u materik bilan – kerak bölsa, harbiy kuç yordamida birlaştirilişi kerak. AQŞ 1979 yildan beri Pekin rahbariyatini Xitoyning yagona hukumati sifatida tan oladi. Biroq, Bayden 23 may kuni ta’kidlaganidek, bu Xitoy Tayvanni kuç bilan egallaşi mumkin, degani emas.

Baydenning sözlariga munosabat bildirgan Pekin rasmiylari «milliy manfaatlarni himoya qiliş» haqida bayonot berdi. «Xitoy xalqining suverenitet va hududiy yaxlitligini himoya qilişdagi qat’iyati, irodasi va qobiliyatini e’tibordan çetda qoldirmaslik kerak», - dedi Xitoy Taşqi işlar vazirligi matbuot kotibi Van Venbin.