Özbekiston Respublikasining Germaniya Federativ Respublikasida elçixonasi yordamida Özbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobov boşçiligidagi palata delegatsiyasi hamda ITSV vakillari Germaniyaga taşrifi davomida Essen şahrida joylaşgan Yevropadagi eng yirik poyabzal işlab çiqaruvçi Deichmann kompaniyasida böldi.
Bugungi kunda Özbekistonda tadbirkorlik sohasini rivojlantirişga köplab imkoniyatlar yaratilib kelinmoqda. Birgina çarm-poyabzal yönalişida ham kun sayin katta özgarişlar bölmoqda. Yurtimizning tadbirkorlari eng rivojlangan nufuzli xalqaro taşkilotlar bilan hamkorlikni yölga qöyiş borasida doimiy işlar olib bormoqda.

Ikki tomonlama hamkorliklarga yöl oçiş maqsadida, joriy yilning 17 may kuni Özbekiston Respublikasining Germaniya Federativ Respublikasida elçixonasi yordami bilan Özbekiston Savdo-sanoat palatasi vakillari Yevropadagi eng yirik poyabzal işlab çiqaruvçi Deichmann kompaniyasi bilan uçraşuv ötkazdi.
Ma’lumot uçun: Deichmann kompaniyasining dunyo böylab 5 mingga yaqin dökonlari mavjud bölib, yillik tovar aylanmasi 7 mlrd yevroni taşkil etadi. Kompaniya işlab çiqarişda asosan sun’iy çarm (70 foiz) hamda tabiiy çarm mahsulotlaridan (30 foiz) foydalanadi. Bugungi kunda kompaniya Xitoy, Hindiston, Turkiya kabi mamlakatlarda mahsulot işlab çiqarişni yölga qöygan.

Uçraşuv davomida mamlakatimiz çarm-poyabzal sohasida mavjud xom-aşyo bazasi, çet ellik investorlar uçun yaratilgan imkoniyatlar hamda işlab çiqarilayotgan mahsulotlar haqida ma’lumotlar berildi.
Muzokaralar davomida Özbekistonda nemis brendi uçun tabiiy va sun’iy çarmdan oyoq-kiyimlar işlab çiqariş, mamlakatimiz içki bozorini sifatli mahsulotlar bilan ta’minlaş va qöşni davlatlarga eksport kiliş masalalari körib çiqildi.













