Hindistonlik yozuvçi Gitanjali Şri adabiyot böyiça xalqaro Buker mukofoti laureati böldi.

U Tomb of Sand («Qum qabr») asari uçun uşbu mukofotga loyiq deb topildi. Romandagi voqealar şimoliy Hindistonda bölib ötadi. Boş qahramon – erining ölimi va qizi bilan oğir munosabatlar tufayli tuşkunlikka tuşgan 80 yoşli ayol. U Pokistonga boradi, u yerda oğriqli xotiralar bilan yaşaydi, lekin yakunda quvonçning yangi manbalarini topadi.

Kitobni Deyzi Rokvell ingliz tiliga ögirgan, u ham tarjima uçun Buker mukofotiga sazovor böldi. «Qum qabr» — hind tilidan inglizçaga ögirilgan va bu mukofotga loyiq topilgan birinçi roman.  

Gitanjali Şri — uçta roman va bir neçta hikoyalar töplami muallifi. Uning asarlari ingliz, fransuz, nemis, serb va koreys tillariga tarjima qilingan. Şri 1957 yilda Maynpuri şahrida tuğilgan. U hozirda Nyu-Dehlida yaşaydi.