Korrupsiyaga oid jinoyatlar sodir etilişi böyiça Andijon viloyati sönggi 3 oyda eng yuqori örinlarni egallab turibdi, deya ma’lum qildi Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi.
Qayd etilişiça, Prezident virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalariga aholisi korrupsiya böyiça eng köp murojaat qiladigan hududlar içida Andijon viloyati respublikada 1-örinda turibdi.

Andijon viloyat Korrupsiyaga qarşi hududiy kengaşining navbatdagi yiğilişida hududda korrupsiyaga qarşi kuraşiş va uning oldini oliş tizimini tubdan qayta körib çiqiş kerakligi haqida söz borgan. Viloyat, şahar va tuman hokimliklarida korrupsiyaga qarşi kuraşiş tizimining bugungi kundagi holatiga e’tibor qaratilgan.
Tahlillarga köra, 2021 yilda viloyatda 22 nafar şaxsga nisbatan 18 ta jinoyat işi sudga yuborilgan. Ular özlaştiriş, firibgarlik, mansab vakolatini suiiste’mol qiliş hamda pora oliş kabi jinoyatlarni sodir qilgan.
Mazkur jinoyatlarga qöl urganlarning 4 nafari viloyat hokimligi, 18 nafari tuman va şahar hokimliklarining xodimlari hisoblanadi.
Yiğilişda bu jinoyatlarning kelib çiqiş sabablari, hozir va kelgusida ularning oldini oliş uçun köriladigan çoralar töğrisida viloyat prokurori, mas’ul hokim örinbosari axborot bergan.
Tadbirda viloyat Korrupsiyaga qarşi hududiy kengaşi zimmasidagi vazifalarni samarali bajara olmayotgani ham tanqid qilingan. 2021 yil yakunlari böyiça Korrupsiyaga qarşi kuraşiş hududiy kengaşlarining reyting baholaş natijalariga köra, Andijon viloyati 9-örinni egallagan.

“Bir oydan söng 2022 yilning birinçi yarim yilligi böyiça hududlar xuddi şunday baholanadi va barça natijalar ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinib, Milliy kengaş yiğilişida muhokama qilinadi. Lekin bu davrda ham viloyat hududiy kengaşi tomonidan ijobiy natija körsatiş uçun arzirli amaliy iş yoki taşabbusni körmayapmiz. Kengaş a’zolari korrupsiyaga qarşi kuraşiş borasida a’zo sifatidagi mas’uliyatni qançalik his qilmoqda, viloyatda, öz tizimida korrupsiyani kamaytiriş uçun qay darajada harakat qilmoqda – bu kabi savollarni kengaşning har bir a’zosi öziga qayta va qayta berişi kerak, deb öylayman”, – dedi Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi direktori örinbosari Umida Tuxtaşeva.












