O‘zbekiston | 17:00 / 27.05.2022
7913
4 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonga Leed Gold standarti kelmoqda. Trilliant O‘zbekistonda birinchi bo‘lib ekologik toza binolar barpo qilmoqda.

Trilliant O‘zbekistonda birinchi A+ toifali biznes-park loyihasi, xalqaro standartlarga muvofiq, ekologik toza binolar sertifikatlash tizimiga ega bo‘lgan loyiha energetika va ekologik toza dizayn sohasida yetakchilikni o‘zida mujassam etgan Leed Gold xalqaro sertifikatini olishga tayyorlanmoqda.

Foto: Trilliant

Toshkent shahrining markazida joylashgan Yunusobod tumanida qurilayotgan birinchi A+ toifali biznes parkda 14 va 17 qavatli 2 ta ofis minorasi, 17 qavatli 5 yulduzli Intercontinental mehmonxona minorasi, kongress markazi va do‘konlari bilan Trilliant Amerika yashil binolar bo‘yicha kengashi tomonidan ishlab chiqilgan Leed Gold sertifikatini olib kelishga tayyorgarlik ko‘rmoqda, bu xalqaro maydonda energetika va ekologik dizayn sohasidagi yetakchilikni anglatadi. 2022 yilning so‘nggi choragida foydalanishga topshiriladigan Trilliant O‘zbekistondagi birinchi A+ toifali biznes-park bo‘ladi, shuningdek, olmoqchi bo‘lgan Leed Gold sertifikati bilan investorlar va ijaraga oluvchilar e’tiborini jalb qiladi.

Leed Gold sertifikati loyihalarni ichki hayot sifati, foydalanuvchilarning qulayligi, innovatsiyalar, energiya samaradorligi, suv samaradorligi va resurslar barqarorligi nuqtai nazaridan baholaydi. Dunyoga mashhur kompaniya va investorlar uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan ushbu mezonlar qator afzalliklar va xalqaro standartlardagi jihozlarni mujassamlaydi. Leed Gold sertifikatini olish uchun barcha shartlarga muvofiq va jahon andozalari bo‘yicha loyihalashtirilgan va qurilgan Trilliant ofislarni ijaraga beradigan investorlar va xalqaro kompaniyalar uchun jahon standartlaridagi nufuzli loyiha ekanligini isbotlashni o‘ziga maqsad qilgan.

Dunyoning eng yirik arxitektura kompaniyalaridan biri bo‘lgan DP Archetecs tomonidan ishlab chiqilgan kam uglerod izi, kam energiya iste’moli, barqaror landshaft maydoni, avtomobillarni zaryadlash stansiyalari, qayta ishlash tizimlari, chiqindilarni boshqarish tizimlari, aqlli shamollatish tizimlari va eng muhimi, past operatsion xarajatlarga ega Trilliant O‘zbekiston ish dunyosida yangi hayot baxsh etadi.

Foto: Trilliant

Orhan Gunduz investitsiya kompaniyasi bosh direktori qurilish va foydalanish jarayonida uglerod izini minimallashtiradigan barqaror xususiyatlarga ega loyihani qurishga kirishganliklarini aytdi va “Loyiha dizayn bosqichida ekan, bizning ustuvor vazifamiz xalqaro standartlardagi inson va atrof-muhitga mos loyiha. Loyiha ishlab chiqish jarayoni davomida biz xalqaro maydondagi eng taniqli va obro‘li baholash tashkiloti bo‘lgan Leed Gold bilan loyihamizni sertifikatlashga qaror qildik. Leed Gold sertifikati barqarorlik nuqtai nazaridan odamlar va atrof-muhit uchun yaratgan afzalliklari, shuningdek, past operatsion xarajatlari va investorlar uchun potensial investitsiya qiymati nuqtai nazaridan katta ahamiyatga ega. Xalqaro barqarorlik standartlariga muvofiq ishlab chiqilgan loyihalar ham xodimlar ishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi va xalqaro kompaniyalarni jalb qiladi. Bugungi kunda ko‘plab xalqaro kompaniyalar Leed Gold sertifikatiga ega bo‘lgan loyihalarga ustuvor ahamiyat berishadi va hatto buni majburiy shart sifatida belgilamoqda”.

Foto: Trilliant

Trilliant haqida:

 Toshkent shahrining Yunusobod tumanida qurilayotgan, qurilish maydoni 125 ming kvadrat metr bo‘lgan Trilliant xalqaro A+ standartlari bo‘yicha O‘zbekistondagi birinchi biznes park loyihasi bo‘lishga tayyorlanmoqda. Dunyoning eng yirik arxitektura kompaniyalaridan biri DP Architecs tomonidan ishlab chiqilgan va Dubai Mall, Singapore spors hub va Esplanade theatre kabi yirik loyihalarga imzo chekkan Loyiha kompaniyasi JLL, TSPva Securitas xalqaro maslahatchilari bilan O‘zbekiston ishbilarmonlik olamiga yangi istiqbol olib keladi. Trilliant sotuv va ijaraga beriladigan 345 ta ofisdan iborat ikkita 14 va 17 qavatli minoralar, 17 qavatli mehmonxona minorasi, kongress markazi, 34 ta do‘kon, har turdagi tadbirlarga sahna bo‘ladigan kongress markazi va yashil maydon bilan o‘z eshiklarini 2022 yil dekabr oyida ochadi.

Murojaat uchun:

Tel: +998 71 205 59 95

e-mail : info@trillianttashkent.uz

Facebook: fb.com/trilliant.uz 

Instagram: Instagram.com/trilliant.uz

Telegram: t.me/trilliant_uzb

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid