Toshkent markazidagi noyob joylashuvi va tarixiy me’moriy xususiyatlarni o‘zida mujassam etgan xalqaro standartlardagi trilliant loyihasida ofislar foydalanishga topshirish bosqichiga keldi. 14 va 17 qavatli ikki ofis minorasi, 17 qavatli mehmonxona minorasi, kongress markazi, restoran va kafelarni o‘zida jamlagan Business Park, bu ijtimoiy hayot va biznes olami nuqtai nazaridan Toshkentning yangi diqqatga sazovor, jozibador markazi bo‘ladi.

Trilliant loyihasi bo‘yicha dunyodagi eng yirik mehmonxona tarmoqlaridan biri bo‘lgan Toshkent shahridagi InterContinental Hotels Toshkent xorijdan kelgan IHG mutaxassislari jamoasi tomonidan ishchilarni o‘qitishni yakunlab, o‘zining birinchi mehmonlarini kutib olishga kirishdi. 16-qavatdagi Ember restorani, sport zal va SPA ochilishi loyihada ofis hayoti va ijtimoiy hayotning sezilarli darajada jonlanishini ta’minlay boshladi.

Sotib olish va ijaraga olish uchun katta talab mavjud

Nufuzli loyihada binoning jabhasi nihoyasiga yetkazilgani ko‘rinib turgan bo‘lsa-da, loyiha atrofidagi to‘siqlarning olib tashlanishi bilan obodonlashtirish ishlari boshlangani e’tiborni tortadi. 2023 yil yanvar oyidan boshlab topshirish boshlangan Trilliant’da 17 qavatli ofis minorasi sotuvga qo‘yilgan bo‘lsa, 14 qavatli ofis minorasi ijara uchun ochildi. Rasmiylar bergan ma’lumotlariga ko‘ra, "Sotuvga taqdim etilgan 17 qavatli ofis minorasi milliy va xalqaro biznes dunyosi tarafidan yuqori talabga ega bo‘lib, bugungi kunga kelib uning 70 foizi sotilgan", boshqa tomondan, ijaraga ochilgan 14 qavatli ofis minorasi uchun ko‘plab xalqaro firmalar bilan ijara muzokaralari olib borilayotgani bildirildi. Sotilgan ofislar kadastr bilan topshirilmoqda.

Trilliant loyihasida jami 15.795 kvadrat metr ofis maydoni ijaraga berish uchun ochilgan. Ijara uchun ochilgan 14 qavatli ofis minorasida 141 ta A toifali ofislar mavjud bo‘lib, ijaraga berish faqat trilliant savdo ofisi tomonidan amalga oshiriladi. Ijaraga beriladigan ofislar 67 kvadrat metrdan 1460 kvadrat metrgacha bo‘lib ofislar qora suvoq holatida topshiriladi. Loyihadan ofislarni ijaraga olgan kompaniyalar ofislarini olishlari bilanoq pardozlash ishlarini boshlashlari mumkin.

Xalqaro standartlarga muvofiq ofis loyihasi

Xalqaro standartlarga ega ofis, mehmonxona va ijtimoiy hayot majmuasi sifatida hayotga tatbiq etilgan trilliant, ofis aholisini sog‘lom va qulay muhit yaratishni maqsad qilgan. Loyiha, majlis xonalari bo‘lgan kongress markazi va dunyoga mashhur hashamatli brendlar joylashgan xiyobon bilan barcha xodimlarning va mehmonlarning ehtiyojlarini qondiradigan tarzda tashkillashtirilmoqda. Loyiha hududida joylashgan restoran va kafelar o‘z mehmonlariga jahon oshxonasi taomlarini taqdim etadi.