Trilliant jahon arenasida kuchli salohiyatga ega va obro‘li loyihaligi bilan har jihatdan rivojlanib, gullab-yashnab borayotgan Yangi O‘zbekiston milliy rivojlanishiga haqiqiy hissasini qo‘shmoqda.
Yangi O‘zbekistonning ruhiyati, dinamikasi va g‘ayratini his qilayotgan va mamlakatimiz bo‘ylab yangi loyihalar yuksalib borayotgan shu kunlarda O‘zbekistonning birinchi xalqaro standartlardagi A+ biznes-parkini Trilliant orzudan haqiqatga aylantirmoqda.
2022 yil dekabr oyida taqdim etiladigan Trilliant loyihasi zamonaviy biznes uchun jahon standartlaridagi ofisni taklif etadi. 24 oy muddatli to‘lov rejasi va 2 oydan keyin sarmoyangiz daromad keltirishni boshlash afzalligi bilan ajralib turadigan Trilliant ham sarmoya, ham ijaraga bo‘lgan talab bilan e’tiborni tortmoqda.

Dunyodagi eng yirik arxitektura ofislaridan biri bo‘lgan Singapurdagi DP Architect imzosi bilan Trilliant Toshkentning qoq markazidagi o‘ziga xos joylashuvi va o‘z davriga ko‘ra ilg‘or arxitektura xususiyatlari bilan hashamatli ofis tushunchasini keyingi bosqichga olib chiqadi. Turli xildagi imkoniyatlar, ya’ni xarid, oziq-ovqat, ichimliklar, turar joy, sportdan tortib dam olish joylarining mavjudligi uni nafaqat ofis loyihasiga aylantiradi, balki yuqori standartlar bilan qurilgan biznes-parkiga aylantiradi. 14 va 17 qavatli 2 ta ofis binosi, 17 qavatli mehmonxona binosi, kongress markazi, do‘konlar, restoran va kafelardan tashkil topgan Trilliant O‘zbekistondagi birinchi A+ Business Park loyihasi bo‘lishga tayyorlanmoqda.
Xalqaro standartlarda Ofis

O‘zbekiston biznes olamining kelajakdagi ehtiyojlarini ko‘zlagan holda tayyorlangan loyiha xalqaro standartlardagi ofisning barcha talablarini inobatga olgan holda qurilmoqda. Kunduzgi yorug‘likdan maksimal samaradorlikni oladigan jabhasi, ochiladigan derazalari, 4,38 metr shift balandligi va boshqa ko‘plab innovatsion xususiyatlari bilan yuqori shiddatdagi ish natijasi va motivatsion arxitekturaga ega Trilliant hashamatning haqiqiy ta’rifini yuqori sifatli xomashyo va tajriba bilan ochib beradi.
Trilliant barqarorlik sohasida dunyoda qabul qilingan eng yuqori xalqaro akkreditatsiyalardan biri bo‘lgan LEED Gold sertifikati talablarini inobatga olgan holda qurilmoqda. O‘zbekistondagi birinchi LEED Gold sertifikati bilan tasdiqlangan loyihasi bo‘lishga nomzod bo‘lgan Trilliant o‘zining kam energiya iste’moli, barqaror landshaft maydoni, avtomobillarni zaryadlash stansiyalari, chiqindilarni qayta ishlash qurilmalari va boshqarish tizimlari, hamda aqlli ventilyatsiya texnologiyasi bilan tabiiy resurslardan samarali foydalanadi hamda operatsion xarajatlarni kamaytiradi.














