Oromgohlar qabuliga tayyorgarlik
Xalq ta’limi vazirligining ma’lum qilişiça, bu yilgi ta’tilda 205 ta statsionar oromgohda jami 148 651 nafar bola hordiq çiqarişi rejalaştirilmoqda.
Şuning uçun 205 ta statsionar oromgohda faoliyat yuritadigan jami 4 683 nafar pedagog röyxati şakllantirilib, pedagoglar Yoşlar işlari agentligi bilan hamkorlikda 20-25 may kunlari 36 soatlik maxsus öquv dasturlar asosida öqitilgan.
Oromgoh rahbarlari, pedagoglar hamda tögarak rahbarlari uçun uslubiy qöllanmalar işlab çiqilib, barça hududlarga elektron şaklda yetkazildi hamda pedagog xodimlarning belgilangan tartib asosida iş olib borişlari uçun namunaviy iş rejasi tayyorlangan.
Bundan taşqari, 6 ta mehribonlik va 121 ta oilaviy bolalar uylarining 954 nafar tarbiyalanuvçisi mehribonlik uylari tasarrufidagi 5 ta statsionar oromgohda dam oldirilişi rejalaştirilmoqda.
Bepul loyihalar
Bolalar örtasida kitobxonlik madaniyatini yanada şakllantiriş maqsadida oromgohlarga 123 ming dona bolalar adabiyotlari yetkazib beriladi va kitob.uz platformasidan adabiyotlarning elektron va audio şakllaridan foydalaniş böyiça şaroitlar yaratiladi.
Misol uçun, “Farzandimga kitob sovğa qilaman”, “Bir bolaga uç kitob” aksiyalari doirasida ta’lim muassasalariga kirim qilingan 26 ming dona kitoblar ham oromgohlarga foydalaniş uçun beriladi.
Statsionar oromgohlarga jalb etilmagan bolalar uçun joylarda (ta’lim muassasalarida) 926 ta soğlomlaştiriş maydonçalari (bepul) taşkil etiladi va ularda 148 490 nafar bolalar dam oldirilişi rejalaştirilgan.
10 kun oldin maydonçalar mahalliy hokimliklar va mas’ul taşkilotlar bilan birgalikda qayta körib çiqilib, ularning xulosasiga asosan töliq tayyor holatga keltirilgan.
Soğlomlaştiriş maydonçalarida yozgi ta’tilni maroqli taşkil etiş uçun mehnat ta’tiliga çiqmagan 9 260 nafar pedagog jalb qilinadi.
Maydonçalarda quyidagilar amalga oşiriladi:
- turli rivojlantiruvçi kompyuter öyinlari, tasviriy san’at, mental arifmetika kabi tögaraklar faoliyati yölga qöyiladi;
- videoproyektor orqali bolalarga möljallangan eng qiziqarli kino va multfilmlar namoyiş etiladi;
- 5 ta muhim taşabbus doirasida körik-tanlov, festival va tadbirlar ötkaziladi.













