Oliy Majlis Senatining yigirma oltinçi yalpi majlisida Markaziy bank boşqaruvi raisini tayinlaş masalasi körib çiqildi. 2017 yil iyunda birinçi marta uşbu lavozimga tayinlangan Nurmuratovning nomzodi Prezident tarafidan yana qaytadan taqdim etilgan. Senatda Mamarizo Nurmuratov ikkinçi muddatga Markaziy bank lavozimiga tayinlandi.

Ma’lumot uçun, Mamarizo Nurmuratov 1960 yili Samarqand viloyatida tuğilgan. 1977 yili Toşkent xalq xöjaligi institutiga öqişga kirib, 1982 yili Leningrad iqtisodiyot-moliya institutini tamomlagan. 1982-1985 yillarda Toşkent Xalq xöjaligi institutida öqituvçilik qilgan. 1985-1988 yillarda Moskva Moliya instituti aspiranturasida tahsil olgan. Iqtisodiyot fanlari nomzodi. 1989-1993 yillarda Toşkent xalq xöjaligi instituti va Moliya institutlarida dotsent bölib işlagan. 1993 yildan boşlab Markaziy bank tizimida faoliyat körsata boşlagan: Markaziy bankda Ilmiy tadqiqotlar markazi boşliği, Boşqaruv raisining örinbosari, Markaziy bank raisining birinçi örinbosari lavozimlarida işlagan. 2000-2004 yillarda Özbekiston Respublikasi Moliya vaziri lavozimida faoliyat yuritgan. 2004-2006 yillarda Samarqand viloyatiga rahbarlik qilgan. 2006-2017 yillarda Özbekiston Markaziy banki raisining maslahatçisi, 2017 yil iyundan boşlab esa Markaziy bank raisi lavozimida işlab kelmoqda.