Rossiya qişloq xöjaligi vazirligi guruç eksportini vaqtinça taqiqlaş taklifi bilan çiqdi.
Vazirlik bu borada tegişli qaror loyihasini tayyorladi.
Çeklovni 2022 yil 1 iyuldan 31 dekabrgaça kiritiş taklif qilinmoqda.
Avvalroq Rossiya boş vaziri Mixail Mişustin içki bozordagi barqarorlikni ta’minlaş maqsadida 30 iyungaça YeOII mamlakatlariga ğalla eksport qilişni taqiqlaş töğrisidagi qarorni imzolagandi.
Bundan taşqari, 31 avgustgaça Rossiyadan uçinçi mamlakatlarga şakar va şakarqamiş xomaşyosini eksport qiliş taqiqlangan.












