Ğarb nima muhimligini: Ukrainadan oziq-ovqat mahsulotlarini olib çiqiş mavzusida piar qilişmi yoki bu muammoni hal qilişda aniq qadamlarmi, şuni aniqlab olişi kerak, dedi Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov.
"Ukraina portlaridan ğalla ortilgan kemalar çiqişi uçun ukrainaliklar Ukrainaga qaraşli territorial suvlarni minalardan tozalaşi kerak. Minalardan tozalaş masalasi hal bölsa, Rossiya harbiy-dengiz kuçlari kemalarning tösqinliklarsiz ötişini ta’minlaydi", - dedi u.
Lavrovning qayd etişiça, "Rossiya bir oydan buyon Ukraina portlaridagi kemalarning erkin çiqib ketişini kafolatlagan holda kerakli çoralarni körmoqda".
"Rossiya tomoni öziga boğliq barça narsaga kafolat beradi, Ğarb mamlakatlari esa oziq-ovqat xavfsizligi muammosi böyiça piar qiliş yoki bu muammoni yeçiş uçun aniq qadam qöyiş muhimligi borasida jiddiy öylab körişi zarur. Gap ularda", - dedi Lavrov.
Avvalroq Yevropa diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel Ukrainada 20 mln tonna ğalla saqlanayotganini aytgandi.













