Moliya vazirligi mulozimi – narxi oşib borayotgan oziq-ovqat mahsulotlari va hukumat körayotgan çoralar haqida
|04:25 / 31.05.202232 14610 min
30 may kuni AOKA majlislar zalida ğallani davlat tomonidan sotib oliş va sotişda bozor narxlariga ötilişi jarayonlari yuzasidan navbatdagi matbuot anjumani ötkazildi.
Kun.uz muxbiri tadbir yakunida Moliya vazirligi departament direktori Tölqin Mirzayev bilan jarayon atrofidagi muhim savollar yuzasidan intervyu uyuştirdi.
— Rossiyaning Ukrainaga qarşi boşlagan uruşi köplab davlatlarning don ta’minotiga öz ta’sirini ötkazib, yangi xavflarni paydo qilyapti va bu uruş köplab ekspertlar aytayotgani kabi uzoq muddat davom etişi ham mumkin. Xöş, Özbekiston hukumati qanday ssenariylarga tayyorgarlik körmoqda?
— Rossiya va Ukraina örtasida yuzaga kelgan ziddiyatli munosabat qança vaqt davom etişini oldindan aytiş qiyin. Bu ziddiyat köp joylarda oziq-ovqat narxlariga ta’sir qilayotganini ma’lum qilişmoqda, haqiqatan ham şunday. Endi buning sababi nimada?
Rossiya don eksport qiliş böyiça dunyodagi eng yirik davlat hisoblanadi. Eksportçilarning baholariga köra, 2020 yilda Rossiya butun dunyo bozoriga salkam 40 mln tonna donni eksport qilgan.
Ukraina ham eng yirik don eksportyorlarining 10 taligiga kiradi. Adaşmasam, Ukraina tomonidan ham dunyo davlatlariga yiliga 17 mln tonna don sotiladi. Mana şu ikki davlat umumiy qilib aytganda, dunyo bozoriga eksport qilinadigan donning 30 foizini beradi.
Şuning uçun hozirda bozorlardagi narxlarning tebranişlari tabiiy holat hisoblanadi.
Biz qanday ssenariylarga tayyormiz? Mutaxassislarimizning ma’lumotiga köra, bu yil juda yaxşi hosil kutilyapti, doim şunday bölsin. Bu – bizning birinçi zaxiramiz.
Ikkinçidan, bizga eng yirik eksportyor davlat Qozoğiston bölgani uçun bu yil ularda ham yaxşi hosil bölişi kutilmoqda. Çunki qiş ularda ham yaxşi ötgan. Ğalla qişdan yaxşi ötgan. Bundan taşqari, bozordagi narxlarning qimmatligi Qozoğistonda qöşimça maydonlarga ham ğalla ekişga turtki bölgan. Bularning hammasi ğalla hosilining möl bölişiga olib keladi deb öylayman.
Şuningdek, Qozoğistondagi hamda özimizning hosil bilan biz yetarli zaxiraga ega bölamiz, deb öylayman.
Tölqin Mirzayev
— Şunisi qiziq-da, deylik, Qozoğiston öz ğallasi eksportiga tez-tez çeklovlar qöyib turadi. Biz mana şunday holatlar uçun ham ma’lum çoralar körişimiz kerak-ku.
Mavzuga oid
— Hozir tadbirkorlarimiz nafaqat Qozoğiston, balki Rossiya Federatsiyasi yoki boşqa davlatlardan ham don olib kiryapti. Hozir import böyiça heç bir çeklov yöq. Bojlar ham eng past darajaga olib kelingan. Lekin har xil holatlarga tayyor turiş uçun bizda donning strategik zaxirasi ham yaratilgan. Zarur hollarda buni işlatiş imkoniyatimiz bor. Öylaymanki, bu darajaga yetib bormaymiz, çunki Qişloq xöjaligi vazirligi, boşqa davlat idoralari tomonidan qozoğistonlik, rossiyalik tadbirkorlarimiz bilan muzokaralar olib borilmoqda.
Un yoki buğdoy importini amalga oşiriş böyiça muzokaralar jarayoni ketmoqda. Bundan taşqari, biz hali mavsum boşida turibmiz, respublikada yetiştirilgan ğallani yiğiştirib olsak, yaxşi hosil bölişi kutilmoqda, mana şular hisobiga import masalasida unçalik muammo bölmasa kerak.
— Endi bu yerda sifat masalasi ham bor-da. Köpçilik aholi kundalik iste’molda qozoq unini ma’qul köradi. Şu ma’noda biroz vaqt ötib qozoq unining bozorlarimizdagi narxida pasayiş bölişi mumkinmi?
— Töğri savol. Yuqorida aytganimdek, bu yerda Qozoğiston hukumati qöygan çeklovdan foydalangan tadbirkorlar sun’iy tarzda narxni oşirib yubordi. Ertaga biz u yerdan import qiladigan buğdoy va un hajmini kamaytiradigan bölsak, ular ham narxni pasaytirişga majbur böladi. Çunki Qozoğiston Qişloq xöjaligi vazirligining ma’lumotiga köra, u yerdan eksport qilinayotgan donning salkam yarmi Özbekistonga kelmoqda. Bu bizning içki bozorimiz uçun hamda öşa unni qayta işlab, boşqa qöşni mamlakatlarga sotilişi uçun işlatiladi.
Nima uçun Qozoğiston Özbekistonga asosiy importyor davlat sifatida qaraydi? Bizning davlatga eksport qiliş xarajatlari juda arzonga tuşganligi sababli qozoğistonlik tadbirkorlar bozorimizni yöqotişni istamaydi. Şu ma’noda hozirgi narxlar sakraşi yoki oşişi vaqtinçalik, uni vahimali holat deb hisoblamayman.
Uzoği bilan bir yoki ikki oy içida qöşni davlat tadbirkorlari kelib, “yangi hosildan ğallani şu narxda olgin” deb bizga iltimos qilişiga umid qilaman. Çunki ötgan safar buğdoy va un narxini erkinlaştirganimizda şu holat kuzatilgan.
— Tölqin aka, bozordagi narx-navo böyiça ikkinçi savol. Bugun dehqon bozorlaridagi kartoşkaning narxi 8-10 ming sömdan yoki piyozning örtaça narxi 6 ming sömdan sotilyapti. Savol tuğiladi, aynan hosil, yiğim-terim davrida narxlar bunçalik baland bölar ekan, hali oldimizda kuz-qiş mavsumlari turibdi. Demak, oziq-ovqat narxlari yanayam kötarilib ketiş ehtimoli bor, bunga qanday tayyorgarlik ketmoqda?
— Bilmadim, buni bizning xalqimizga xos desam notöğri böladi, köplab joylarda şunday. Pandemiya davrida yoki yaqinda Amerika yoki Yevropa davlatlarining Rossiyaga nisbatan sanksiyalar qöllagan vaqtida tuşunmovçilik deymizmi, xaos deymizmi, şu bilan boğliq.
— Bizdagi holatni xaos natijasi deyiş mumkinmikan?
— Hozir aytmoqçi bölganim, biz mana şu narsaga berilişimiz kerak emas. Çunki mana özingiz ham töğri aytdingiz, piyoz, kartoşkani endi yiğib olişni boşladik. Qişloq xöjaligi vazirligining baholariga köra, yaxşi hosil kutilyapti.
Bundan, adaşmasam, bir, bir yarim oy oldin, Surxondaryoda ötgan yilgiga öxşagan holat yuzaga kelib, piyoz ekkan fermerlarimiz: ”bekor piyoz ekibman”, – deyişgan edi. Çunki piyoz sotib oladigan xaridorning özi juda kam edi. Ötgan yildan ötib kelayotgan piyoz zaxirasi hali-hamon bozorlarimizda bor. Istalgan bozorga kirib körsangiz böladi, haligaça ötgan yilgi piyozlar savdo rastalarida turibdi. Buning hammasi inflyatsion bosim deymizmi, xalqimiz orasida tarqalgan har xil miş-mişlar sabab deb öylayman. Lekin bu – vaqtinçalik holat. Bunga xalqimiz e’tibor bilan qaraşiga işonaman. Xudo xohlasa, bir hafta, ön kunlarda kartoşka yoki piyoz özining haqiqiy narxiga qaytadi. Hosil yaxşi, bunga heç qanday asos yöq.
Ammo narxning oşişiga eksport sabab ekan, degan fikrlar ham bor. Bunga qöşilmayman, bizda yetiştirilgan mahsulot birinçi navbatda içki bozor ta’minotiga yönaltiriladi. Agar içki bozordan ortib, narxlar pasayib, bozorda isrofgarçilik xavfi yuzaga kelganda, biz öşa mahsulotni eksport qilamiz. Bu bizda meva-sabzavot böladi, buni hammamiz bilamiz. Xohlagan mahallaga, qişloqdagi uyga kiring, örik, gilos pişgan. Hali daraxtda pişib, terib olinmagani qança? Mana şunday mahsulotlarni biz çirib ketmasligi, uvol bölmasligi uçun eksport qilişimiz kerak, undan biz daromad körişimiz kerak. Lekin aytaylik öşa kartoşka özimizning bozorga kerak bölsa, biz uni sotmaymiz. Özi eksport qilinayotgani ham yöq. Bularning hammasi miş-mişlar, şubhaga heç qanday asos yöq.
— Tölqin aka, Özbekiston birjalarida şakar narxlarining tez-tez öynab turişiga guvoh bölamiz. Ayrim iqtisodçilarga köra, bunga Özbekistonga şakar mahsulotlarini olib kiradigan yirik monopollarning sun’iy harakatlari sabab bölar ekan.
— Şakar kundalik iste’mol mahsuloti bölgani uçun aholida uning narxlariga nisbatan e’tibor juda ham katta. Endi bu monopol holatdagi korxonalarimizni töliq ayblay olmayman. Ular ham dunyo bozoridagi narx-navodan kelib çiqib mahsulot işlab çiqaradi.
— Lekin ular olib kiradigan xomaşyo narxida özgariş bölmaydi-ku.
— Ikkala korxonamiz ham: “Angren şakar” va “Xorazm şakar” korxonalarimiz şakarqamişdan olingan xomaşyoni olib kelib, qaytadan işlaşadi. Keyingi vaqtlarda ularning bahosi özgarişiga asosiy sabab – ayrim tadbirkorlarning narxni sun’iy ravişda oşirişi, ikkinçi sabab – Qozoğistonda şakarning narxi bizga nisbatan ança balandligi uçun bojxona postlaridan katta miqdordagi şakarni olib ketiş holatlari kuçaygan. Hozir şu narsani tartibga soliş böyiça işlar olib borilyapti. Bu ham içki bozordagi narxlarni ma’qul darajada saqlab turiş uçun çora deb hisoblayman.
Bundan taşqari, hukumat tomonidan şakar işlab çiqaruvçi korxonalarga kerakli yordam körsatilmoqda, hozirgi şakar xomaşyosi asosan “Novorossiyskiy porti” orqali kirib kelgan, hozir esa Qora dengizda yuzaga kelgan holat sababli bu şakarni boşqa portlar orqali taşib keliş logistik nuqtai nazaridan örganilyapti.
Biz xohlamagan holda narxlar taşqi xarajatlarning oşişiga olib keladi, mana şular tufayli bozordagi narxlarda qisman qimmatlaşiş holati yuzaga kelgan bölişi mumkin. Lekin vahimaga örin yöq, boya aytib ötganimdek, monopoliyaga qarşi qonunçilik doirasida şu ikkala korxonalar faoliyatida monitoring işlari olib borilmoqda. Ularning monopol harakatidan foydalanişga heç qanday imkoniyat berilmaydi.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi