Köpgina rivojlangan mamlakatlarda kökrak bezi saratoni ayollarda eng keng tarqalgan saraton bölib qolmoqda. Bu bir qator obektiv va sub’yektiv omillar, jumladan, nosoğlom turmuş tarzi, ayollarning reproduktiv xulq-atvori va atrof-muhitning buzilişi bilan boğliq. Biroq zamonaviy ilm-fanning rivojlanişi bilan bu taşxis endi muqarrar hukmga öxşamaydi.

Özbekiston va Misrda kasallikni davolaşga yondaşuvlar har xil. Kökrak bezi saratoniga qarşi kuraş böyiça bilimlarni çuqurlaştiriş va amaliyotni kengaytiriş uçun ikki maktab vakillari örtasida tajriba almaşiş juda foydali. Misrlik mutaxassis Ayman Ali Abu Şmeylaning aytişiça, Jamila Pölatova nomidagi onkologiya maktabi faoliyati tufayli bunday hamkorlik bir yildan ortiq davom etmoqda.

“Bizning işimiz pandemiya davrida boşlangan. Biz onlayn tarzda bir qança uçraşuvlar ötkazdik, endi hamkasblarimiz bilan Özbekistonga uçib keldik. Bu biz uçun ham, talabalar va tibbiyot xodimlari uçun ham turli iş tajribasiga ega bölgan insonlardan yangi bilim oliş uçun ajoyib imkoniyatdir”, — dedi misrlik onkolog.

Ayman Ali Abu Şmeylaning işonçi komilki, bunday uçraşuvlar davomida yoş mutaxassislar öz közlari bilan professional onkologlar işining namunasini körib, jarayonga çuqurroq kirib boriş imkoniyatiga ega böladilar:

“Bu tajriba muhim va men Saraton maktabi tufayli bunga imkoniyat paydo bölganidan xursandman. Jamila Pölatova öz sohasining haqiqiy professionali, şuningdek, juda mehribon va e’tiborli inson. Biz Toşkentga taşrif buyurganimizdan xursandmiz va Misrda özbekistonlik hamkasblarimizni kutib qolamiz”, — deya xulosa qildi u.

Jamila Pölatovaning söziga köra, ötgan tadbir bemorlarning hayot sifatini yaxşilaş uçun zarur. Bundan taşqari, onkoplastika nafaqat sut bezlari, balki muşak-skelet tizimining ösmalarini davolaş yönalişida rivojlanmoqda. 

Ⓣ