«Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini manzilli qöllab-quvvatlaşga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi prezident qaroriga köra, davlat budjeti mablağlari hisobidan ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlariga bir martalik moddiy yordam körsatilişi belgilab qöyilgan edi.
Xorazm viloyati hokimi qarori bilan Markaziy bank viloyat boş boşqarmasi, tijorat banklari, şaharlar va tumanlar hokimliklari bilan birgalikda moddiy yordam pullarini 2 hafta muddatda töliq tölanişini ta’minlaş haqida topşiriq berildi.
Uyida vaqtinça bölmaganligi yoki boşqa sabablarga köra bir martalik moddiy yordam pulini öz vaqtida ololmagan fuqarolar uni 2022 yil 1 sentabrga qadar oliş huquqiga ega ekani belgilab qöyildi.
Bundan taşqari, bir martalik moddiy yordam pulini oliş huquqiga ega bölmagan ehtiyojmand oilalar röyxati şakllantirilib, «Saxovat va kömak» jamğarmasi mablağlari hisobidan uşbu oilalarning har bir a’zosiga 20 kilogrammdan bepul un tarqatiladigan böldi.
Şuningdek, ijtimoiy ahvoli oğir bölgan oilalarga «Saxovat va kömak» jamğarmasi va boşqa manbalar hisobidan bepul un tarqatiş yoki naqd pul körinişida moddiy yordam körsatib borilişi belgilandi.
Vazirlar Mahkamasining zaxira jamğarmasi hisobidan viloyatning mahalliy budjetlari orqali şaharlar va tumanlar «Saxovat va kömak» jamğarmalariga jami 3 milliard söm ajratiladigan böldi.












