Bugun, 1 iyun kuni Respublika tovar-xomaşyo birjasida un böyiça dastlabki oçiq birja savdolari ötkazildi.

Birja xabariga köra, “Özdonmahsulot” AJ tarkibidagi 44 ta korxona tomonidan bugungi birja savdolariga 10,0 ming tonna 1-navli un qöyilgan va ulardan 8,3 ming tonnasi, ya’ni 83 foizi sotilgan.

“Birja savdolarida sotilmagan qoldiq unning hajmi qariyb 1,7 ming tonnani taşkil etdi. Ya’ni birjaning un bozorida taklif yetarli darajada böldi”, deyiladi xabarda.

Ötkazilgan birja savdo yakunlariga köra, 1-navli unning örtaça narxi mahsulotning bir tonnasi uçun 4 mln 497,8 ming sömni taşkil qilgan. Birjada un böyiça şakllangan kotirovka uning boşlanğiç narxi (4 241,9 ming söm)ga nisbatan 6 foizga ösgan.

Qöşimça qilinişiça, un böyiça ötkazilgan birja savdolarida jami 2 822 ta xaridor iştirok etgan bölib, ulardan 56 tasi Toşkentda non işlab çiqaruvçi korxonalar hisoblanadi. Bu korxonalar birjada jami 874 tonna 1-navli un sotib olgan.

Iqtisodçi Otabek Bakirovning yozişiça, mutaxassislar bugungi şakllangan narxlardan kelib çiqib, un narxi kilosi 4291 söm bölganda, qolipli non tannarxini ham hisoblab çiqişgan.

Unga köra, 1 iyun kungi narxlarga çaqilganda bitta buxanka işlab çiqariş va uni dökonlarga yetkazib berişning tannarxi örtaça 2 550 sömga tuşmoqda.

Bu narxning içida un 1641 söm, 4 sömlik tuz, 18 sömlik ösimlik yoği, 38 sömlik açitqi, 37 söm un taşiş xarajatlariga töğri keladi. Qolgani – nonni pişiriş uçun gaz, elektr sarfi, işçilarga tölanadigan iş haqi, nonni savdo dökoniga yetkazib beriş xarajatlari, soliqlar va korxona foyda normasi.

“E’tibor bering, bu örtaça şartli hisob-kitoblar. Non kombinatlarida texnologiyasi va energiya tejamkorligi kabi omillar hisobiga tannarx balandroq yoki pastroq bölişi mumkin.