Braziliyalik futbol afsonasi Pele Rossiya prezidenti Vladimir Putinga murojaat qilib, uruşni töxtatişga çaqirdi. «Futbol qiroli» öz murojaatini Instagram'dagi sahifasida e’lon qildi.
Pele ta’sirli murojaatini JÇ-2022 saralaşi doirasidagi Şotlandiya hamda Ukraina milliy jamoalari iştirokidagi öyindan avval e’lon qildi.
«Bir neça daqiqadan keyin Ukraina mamlakatda boşlangan mojarodan keyin ilk marta rasmiy öyinda maydonga tuşadi. Bu xatni özim yozdim. Umid qilaman, zöravonlikka çek qöyilib, birgalikda dunyoni yaxşiroq qilişni uddalaymiz», deb yozdi Pele öz sahifasida va unga yozgan xatining suratini ilova qildi.
«Vladimir Putin,
Bugun Ukraina heç bölmasa 90 daqiqaga mamlakatda hamon davom etayotgan fojiani unutişga harakat qiladi. Jahon çempionatiga çiqiş şundoğam murakkab vazifa. Bunçalik köp odamlarning hayoti xavf ostida bölib turganda esa bu deyarli imkonsiz bölib qoladi.
Bu öyindan foydalanib şuni aytmoqçiman: bu bosqinni töxtating. Yovuz mojaroni heç qanaqasiga oqlab bölmaydiki, u dard, qörquv, dahşat va azobdan boşqa heç nima keltirmaydi. Siz bilan körişganimizda qaçondir bugungi holatda bölişimizni tasavvur qilmagandim.
Uruş faqat millatlarni ayirişga xizmat qiladi. Bolalarning orzulari kömilayotgan, oilalar buzilayotgan, begunohlar öldirilayotgan bir vaqtda dunyoda heç qanday ğoya yöqki uni oqlab bölsa. Men 80 yil yaşadim, uruşlarni kördim, yetakçilarning öz millati xavfsizligi uçun aytgan nafratga tölgan nutqlarini eşitdim. Biz buni töxtatişimiz kerak.
Bir neça yil avval öz ovozimni faqat tinçlik uçun işlataman deb özimga söz bergandim. Bu mojaroni töxtatadigan kuç sizning qölingizda. Ha, men 2017 yil Moskvadagi uçraşuvda siqib körişganim öşa qöllarda...», deb murojaatini yakunlagan Pele.
Ukraina JÇ-2022 saralaşi doirasida Şotlandiyani mağlub etib, saralaşning hal qiluvçi öyiniga yöl oldi. JÇga çiqiş uçun Ukraina Uelsga qarşi öynaydi.













