Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 3 iyun kuni tongda, Urganç şahriga jönab ketişdan avval Yevropada xavfsizlik va hamkorlik taşkilotining amaldagi raisi, Polşa taşqi işlar vaziri Zbignev Rauni qabul qildi.

Özbekiston va YeXHT örtasidagi köp qirrali hamkorlikni yanada rivojlantiriş, Özbekiston-Polşa munosabatlarini kengaytiriş masalalari hamda dolzarb xalqaro kun tartibi körib çiqildi.

Keyingi yillarda YeXHT bilan şeriklikda sifat jihatidan yangi darajaga erişilgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi. Taşkilot faoliyatining uççala yönalişida ham oçiq va samarali muloqot yölga qöyilgani, yuqori darajada faol muloqot va almaşinuvlar amalga oşirilayotgani, qabul qilingan «yöl xaritasi»ga muvofiq qöşma tadbirlar muvaffaqiyatli ötkazilayotgani bunga dalolat bermoqda.

YeXHT raisi Yangi Özbekistonda amalga oşirilayotgan ortga qaytmas islohotlar strategiyasi berayotgan natijalarni hamda mamlakatimizning pragmatik taşqi siyosati, eng avvalo Markaziy Osiyoda döstlik, yaxşi qöşniçilik va işonç munosabatlarini mustahkamlaş borasidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholadi.

Davlatimiz va uşbu nufuzli xalqaro tuzilmaning barça institutlari örtasidagi amaliy hamkorlikni kuçaytiriş, demokratik yangilanişlarni, şu jumladan konstitutsiyaviy islohotni ekspertlik jihatdan qöllab-quvvatlaşni kengaytiriş, taşkilotning Parlament assambleyasi doirasidagi hamkorlikni mustahkamlaş ustuvor ahamiyatga ega ekani qayd etildi.

Iqtisodiyot va ekologiya yönalişlari haqida söz yuritilar ekan, «yaşil» taraqqiyot, raqamlaştiriş, iş örinlarini yaratiş va tadbirkorlik taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş orqali kambağallikni qisqartiriş, tabiatni muhofaza qiliş böyiça, şu jumladan Orolböyi mintaqasida muhim tadbirlarni amalga oşirişga alohida e’tibor qaratildi.

Xalqaro siyosat, jumladan, Yevropa ittifoqi bilan köp tomonlama munosabatlarni rivojlantiriş, Afğonistonda tinçlikni ta’minlaş va uning ijtimoiy-iqtisodiy tiklanişiga kömaklaşiş masalalari yuzasidan ham fikr almaşildi.

Özbekiston yetakçisi Özbekiston-Polşa amaliy hamkorligini kengaytiriş istiqbollariga alohida töxtaldi.

Xususan, ötgan yili ikki tomonlama tovar ayirboşlaş uçdan bir qismga, joriy yil boşidan esa qariyb 50 foizga köpaydi. Polşaning yetakçi kompaniyalari bilan birgalikda qişloq xöjaligi, oziq-ovqat, kimyo, elektrotexnika va boşqa tarmoqlarda qator qöşma loyihalar amalga oşirilmoqda.