Mamlakatimizga Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmonning taşrifi doirasida, Zarafşon daryosida Yovon gidroelektr stansiyasi qurilişiga bağişlangan tantanali marosim bölib ötdi.

Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon boşçiligidagi rasmiy delegatsiya oliy darajadagi muzokaralar davomida Özbekiston bilan Tojikiston örtasidagi döstlik, yaxşi qöşniçilik va strategik şeriklik munosabatlarini yanada mustahkamlaşning dolzarb masalalari, jumladan gidroenergetika sohasida hamkorlikni rivojlantiriş masalalarida ikki davlat rahbarlari tomonidan ramziy tugma bosilib, yangi GES qurilişga start berildi.

Özbekiston va Tojikiston örtasida Markaziy Osiyo suv va energetika boyliklaridan özaro manfaatli asosda foydalaniş, gidroenergetika loyihalarida samarali hamkorlik aloqalari mexanizmlari işlab çiqildi hamda birgalikda iştirok etiş borasida yangi GES qurilişiga kelişib olindi.

Ta’kidlaş joizki, mazkur loyiha gidroenergetika sohasida ikki davlat örtasidagi yirik istiqbolli loyihadir. Şu jihatdan, mazkur Yovon gidroelektr stansiyasi energetika sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikda birinçi yirik loyiha böladi. 140 megavatt quvvatga ega zamonaviy stansiya mamlakatlarimiz energetik xavfsizligi, suv va qişloq xöjaligi barqarorligini ta’minlaşda muhim örin tutadi.

Ikki mamlakatning mas’ullari tomonidan Zarafşon daryosi havzasida 2 ta GESni quriş va undan foydalanişni texnik-iqtisodiy baholaş böyiça özaro kelişuvga erişilgan. Mazkur kelişuvga asosan Tojikiston Respublikasining Zarafşon daryosi havzasida gidroelektr stansiyalarning qurilişi ikki bosqiçda amalga oşiriladi.

Birinçi bosqiçda, yiliga örtaça 832 million kilovatt soat elektr energiyasi işlab çiqaruvçi, quvvati 140 megavattga va prognoz qiymati 282 million AQŞ dollariga teng Yovon gidroelektr stansiyasini quriş işlari bajariladi. Albatta, mazkur loyiha sarflangan mablağlarni 15 yilda qoplaş hamda 40-50 yil davomida uzluksiz işlaş imkoniyatiga ega.

Ikkinçi bosqiçda, yiliga örtaça 560 million kilovatt soat elektr energiyasi işlab çiqaruvçi, quvvati 135 megavattga va prognoz qiymati 270 million AQŞ dollariga teng Fandaryo gidroelektr stansiyasini quriş imkoniyati örganib çiqilmoqda. Mazkur loyiha sarflangan mablağlarni 20 yilda qoplaş hamda 40-50 yil davomida uzluksiz işlaş imkoniyatiga ega.

Mazkur loyihalarning yillik umumiy işlab çiqarişi hajmi 1400 mln kVt soatni taşkil etadi. Bu esa öz navbatida, 600 mingdan ortiq oilaning elektr energiyasiga bölgan ehtiyojini qondiriş imkonini beradi. Yangi GESlar qurilişi doirasida 3 mingga yaqin mavsumiy, işga tuşirilişi natijasida esa 200 dan ortiq doimiy iş örinlari yaratiladi.