Prezidentning “Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish hamda yong‘in xavfsizligini ta’minlashning joriy etilgan tizimi samaradorligini yanada oshirish to‘g‘risida”gi farmoni loyihasi e’lon qilindi.

O‘zbekistonda favqulodda vaziyatlar oldini olish va bartaraf etish hamda yong‘in xavfsizligini ta’minlashning sifat jihatidan yangi tizimi joriy etilib, chora-tadbirlar amalga oshirilgani qayd etilgan.

Quyidagilar favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va yong‘in xavfsizligini ta’minlash sohasidagi tadbirlarni “mahallabay” darajada tashkillashtirish asosiy yo‘nalishlari etib belgilanadi:

  • birinchidan – favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tizimiga zamonaviy axborot texnologiyalarini tatbiq etish orqali quyi bo‘g‘inlar faoliyatini to‘liq raqamlashtirishga erishish;
  • ikkinchidan – favqulodda vaziyatlar oldini olish, ularni bartaraf etish, yong‘in xavfsizligini ta’minlash va fuqaro muhofazasi yo‘nalishlarida ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish va innovatsion tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash zamonaviy mexanizmlarini joriy etish;
  • uchinchidan – favqulodda vaziyatlar monitoringi va prognozlash tadbirlarini takomillashtirish hamda tabiiy va texnogen xavfli jarayonlar holati tahlili asosida xavf manbai yuqori hududlar, obektlarda profilaktik va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni tashkil etish;
  • to‘rtinchidan – favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish kuchlari shayligini oshirish maqsadida zamonaviy texnika va asbob-anjomlar bilan jihozlash va tayyorgarligini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish;
  • beshinchidan – aholi o‘rtasida targ‘ibot-tushuntirish ishlarini olib borishning ta’sirchan, kreativ va samarali uslublarini ishlab chiqish hamda ularni o‘z vaqtida amaliyotga tatbiq etish choralarini ko‘rish;
  • oltinchidan – yong‘in xavfsizligini ta’minlash ayrim funksiyalarini bajarishga xususiy sektor vakillarini jalb qilish;
  • yettinchidan – favqulodda vaziyatlar oldini olish va bartaraf etish hamda yong‘in xavfsizligini ta’minlashda jamoatchilik keng ishtirokini ta’minlash.

Quyidagilar Favqulodda vaziyatlar vazirligining asosiy vazifalari etib belgilanadi:

  • tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar oldini olish va ularni bartaraf etish, yong‘in xavfsizligi, seysmik kuzatuvlar, kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish, suv obektlarida fuqarolar hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish sohasida davlat siyosatini ishlab chiqish hamda amalga oshirish;