Arkadiy Voloj Rossiyaning «Yandeks» kompaniyasi boş direktorligidan ketdi. Bu haqda kompaniya rasmiy saytida e’lon qilindi.
Voloj «Yandeks» direktorlar kengaşi, kompaniyadagi barça lavozimlari, şuningdek, kompaniya qoşidagi boşqa korxonalarda egallagan lavozimlaridan ketgan. Oldinroq Arkadiy Voloj Yevropa Ittifoqi sanksiyalariga uçragandi.
«Sanksiyalar amalda ekan öz oilaviy fondimga qandaydir körsatma bermoqçi emasman. Trast bu davr mobaynida direktorlar kengaşi tavsiyasi bilan ovoz beradi. Bu qarorim kompaniya va aksionerlar uçun foydali böladi. Qölimdan keladigan hamma jabhada jamoaga yordam berişda davom etaman», deyiladi Volojning bayonotida.
Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarşi oltinçi paket sanksiyalarni e’lon qildi. Undan Rossiya va Belarusning 65 nafar fuqarosi, şuningdek, 18 ta kompaniya örin olgan. Sanksiyaga tuşganlar orasida Voloj ham bor. «Yandeks» asosçisi bölmiş Volojning YeI sanksiyasiga uçragani fonida kompaniya aksiyalari 10 foizga arzonlab ketdi. Şu sabab tadbirkor kompaniya rahbarligidan ketgan.
Volojning iste’fosi e’lon qilingan press-relizda yozilişiça, u oilaviy trasti orqali «Yandeks»ning 45,3 foiz ovoz beruvçi va 8,6 foiz iqtisodiy aksiyalariga egalik qiladi. Şu sabab Volojga qarşi sanksiya töğridan töğri «Yandeks» va uning tarkibidagi korxonalarga ta’sir qilmaydi.













