Farğona viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasi boşliği Husan Hasanoviç Mamajonov öz vazifasidan ozod etildi. Soğliqni saqlaş vazirining tegişli buyruği bilan Abduqayum Yuldaşeviç Töxtaqulov Farğona viloyati soğliqni saqlaş boşqarmasi boşliği vazifasini bajaruvçi etib tayinlandi.

SSV matbuot xizmati ma’lumotiga köra, Abduqayum Töxtaqulov şu vaqtgaça  Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi Farğona filiali direktori vazifasida işlab kelgan.

53 yoşli Abduqayum Töxtaqulov Toşkent vraçlar malakasini oşiriş instituti öqituvçisi sifatida işlab, tajriba orttirgan. Keyinçalik Qöqon şahar şoşilinç tibbiy yordam markazi xirurgi, Beşariq tuman tibbiyot birlaşmasi boşliği lavozimlarida faoliyat yuritgan.

A.Töxtaqulov 2019 yilda Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi Farğona filiali direktori vazifasiga tayinlangandi.

Ma’lumot uçun, Husan Mamajonov 2020 yil avgustida Odiljon Umarov örniga Farğona viloyati Soğliqni saqlaş boşqarmasi boşliği etib tayinlangandi.