Volodimir Zelenskiy Ukraina qurolli kuçlarining Zaporojye va Donbassdagi pozitsiyalarida böldi. 6 iyunga ötar keçasi Ukraina prezidenti telegram-kanalida safar davomida olingan suratlar va prezidentning safar yakunlari böyiça videomurojaati joylangan.

Front çiziğida Zelenskiy harbiylar bilan gaplaşgan, operativ vaziyat böyiça hisobotlarni tinglagan, şuningdek davlat mukofotlarini topşirgan.

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy. Foto: president.gov.ua

Zaporojyeda esa xavfli hududlardan köçirib keltirilgan oilalar bilan uçraşgan.

«Lisiçansk va Soledarda böldim. Uçraşgan, qöl siqib körişgan, gaplaşgan odamlarimning har biri bilan faxrlanaman. Harbiylarga nimalardir olib keldim. Bu haqda batafsil gapirmayman. Ulardan esa sizlarga nimalardir olib qaytdim. Bu muhim. Işonç keltirdim. Va kuç ham. Ukrainaga şon-şaraflar!» — degan Zelenskiy.

Lisiçansk ayni vaqtda bir qismi rossiyalik harbiylar tomonidan egallab olingan Severodonetsk şahriga yondoş joylaşgan.

Soledar — rossiyalik harbiylar tahdid solib turgan Baxmutdan şimolda, Severodonetsk va Lisiçanskni Ukrainaning asosiy hududi bilan boğlovçi trassa böyida joylaşgan.

Zaporojye oblastining bir qismi rossiyalik harbiylar nazoratida qolmoqda.