Innovatsion rivojlanish vazirligi va «O‘zeltexsanoat» uyushmasining elektrotexnika tarmog‘ida ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik markazlarini tashkil etish takliflari ma’qullanadi.
Elektrotexnika sohasida faoliyat yuritayotgan korxonalarga, joriy etiladigan iqtisodiy rag‘batlantirish preferensiyalardan kelib chiqib, o‘z tarkiblarida ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik markazlarini tashkil etish tavsiya etiladi.
Elektrotexnika tarmog‘ida tashkil etiladigan ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik markazlari faoliyat yo‘nalishlari va asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilanadi:
yuqori texnologiyali sanoatni yaratishga xizmat qiladigan tadqiqotlarni olib borish;
tarmoq raqobatbardoshligini yanada oshirish maqsadida ilmiy faoliyat natijalarini ishlab chiqarishda sinovlarni tashkil etish va o‘tkazish;
ichki bozor ehtiyojlarini hisobga olgan holda import o‘rnini bosuvchi, energiya tejamkor, arzon va sifatli elektrotexnika va maishiy mahsulotlarni yaratish, ularning sinov ishlarini tashkil etish;
korxonalar texnologik jarayonlarini modellashtirish hamda rivojlantirish va optimallashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
mahsulot sifat ko‘rsatkichlarini oshirish, assortimentni kengaytirish bo‘yicha yangi texnologiyalarni ishlab chiqishga tadqiqotlarni yo‘naltirish;
mahsulot bozori kon’yunkturasini tahlil qilish va barcha innovatsion usullardan xabardor bo‘lib turish;
tadqiqot-sinov laboratoriya uskunalarini yaratish,
tajriba almashish va ilmiy-tadqiqot bazasini takomillashtirish bo‘yicha takliflar olish uchun mahalliy va xalqaro miqyosda tan olingan soha olimlari, mutaxassislar va soha ekspertlarini jalb qilish;
milliy mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirish maqsadida xorijda shu kabi mahsulotlarni ishlab chiqarish bo‘yicha moslama va qurilmalar ishlash mexanizmlari va prinsiplarini o‘rganish;
korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar tannarxini pasaytirishga, energiya samaradorlikka oid texnik va texnologik yechimlar sinovlarini tashkil etish;
ilmiy ishlanmalar asosida prototiplar yaratish va pilot qurilmalarni joriy qilish va tajribalarni o‘tkazish;















