“Ijtimoiy iş töğrisida”gi qonun loyihasi 8 bob, 38 moddadan iborat. Unda:
asosiy tuşunçalar - deinstitutsializatsiya, ijtimoiy iş, ijtimoiy xodim, ijtimoiy xizmat yordamçi xodimlari, ijtimoiy xizmat körsatiş, ijtimoiy xodim axloq kodeksi, ijtimoiy iş amaliyoti standarti, paraprofessional ijtimoiy xodimlar, hodisani boşqariş;
davlat siyosati asosiy yönalişlari va prinsiplari;
ijtimoiy iş sohadagi tegişli organlarning vakolatlari;
ijtimoiy xodim faoliyati - ijtimoiy xodim vazifalari, bolalar farovonligi va himoyasini ta’minlaş borasidagi ijtimoiy iş, ta’lim muassasalari tizimida (maktabgaça, maktab, kasb-hunar) ijtimoiy iş, soğliqni saqlaş, tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni körsatiş, huquqni muhofaza qiliş sohalardagi ijtimoiy iş, nogironligi bölgan şaxslar bilan ijtimoiy iş, mahalliy hamjamiyatdagi ijtimoiy iş, internat muassasalarida ijtimoiy iş, aholi turli toifalari bilan ijtimoiy iş, ijtimoiy xizmatlar oluvçilar huquq va majburiyatlari, ijtimoiy iş şakllari, turlari va boşqalar keltirilgan.
Qonun loyihasida vazirliklar va idoralar majburiyatlarini, ijtimoiy xizmatlar xodimlariga qöyiladigan talablarni belgilaş me’yorlari nazarda tutilgan.
Bildirilişiça, “Ijtimoiy iş töğrisida”gi qonun qabul qilinişi aholini ijtimoiy himoya qilişni rivojlantirişda muhim bosqiç böladi, ijtimoiy iş turlarini kengaytirişga, şaxs/oilani qöllab-quvvatlaş böyiça ijtimoiy xizmatlar sifatini oşirişga kömak beradi.
Qonun nafaqat ijtimoiy işlarni bajariş jarayonini tartibga soliş, balki uning himoyaga muhtoj (ehtiyojmand) şaxslar/oilalar ijtimoiy-iqtisodiy holatiga ta’sirini tizimli tahlil qiliş va şaxslar/oilalar oğir turmuş şaroitidan çiqib ketişi böyiça ta’sirçan çora-tadbirlar amalga oşirilişini ta’minlaydi.











