Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand shahridagi markaziy ko‘chada yirik yong‘in chiqdi
Yong‘in boshlanganidan ikki soat o‘tib uni jilovlashga muvaffaq bo‘lingan.

Samarqand shahridagi markaziy ko‘chalardan biri bo‘lmish Mirzo Ulug‘bek ko‘chasida joylashgan maishiy xizmat ko‘rsatish va savdo do‘konlarida kuchli yong‘in sodir bo‘lmoqda.
Kun.uz muxbirining xabar berishicha, yong‘in soat 14:00 larda boshlangan. Hodisa joyida 15 taga yaqin maxsus texnika hamda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari ishlamoqda. IIB va Milliy gvardiya xodimlari tartib saqlash ishlariga jalb qilingan.
Yong‘in katta hududni qoplab olgan va ikki soat o‘tibgina uni jilovlashga muvaffaq bo‘lingan. «Dinamo» stadioni yonida joylashgan Davlatobod ko‘chasidagi xizmat ko‘rsatish binosidan boshlangan yong‘in Mirzo Ulug‘bek ko‘chasidagi binolarga o‘tib ketgan.
Samarqand shahar hokimligi axborot xizmatining xabar berishicha, yong‘in elektr tarmoqlarida qisqa tutashuv oqibatida kelib chiqqan.
FVV matbuot xizmati Samarqand shahar «Farovonlik» MFY M.Ulug‘bek ko‘chasida joylashgan «VeRBATIM» MChJ va va «BAXT» MChJ binosidagi yong‘inni o‘chirish uchun soat 14:03da 8 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 14:30 da qurshab olingani va soat 16:20 da bartaraf etilgani haqida xabar berdi. Shuningdek, yong‘inga viloyat Obodonlashtirish boshqarmasining texnikalari ham jalb etilgan.
Yong‘in natijasida binoning taxminan 200 kv.m. maydonda tomi va shift qismi yonib zararlangan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olish va halok bo‘lish holatlari qayd etilmadi. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Tavsiya etamiz
Yangi O‘zbekistonda daraxtlar suvsizlikdan qurib boryapti
O‘zbekiston | 15:21 / 02.08.2025
Toshkentdan Chorvoqqa yangi avtomobil yo‘li quriladi
O‘zbekiston | 10:44 / 02.08.2025
Voyaga yetmagan shaxs «sudlanmagan» deb hisoblanishi belgilanmoqda
O‘zbekiston | 23:00 / 01.08.2025
Andijonda alimentdan qochib yurgan erkak hiyla bilan tuzoqqa tushirildi
Jamiyat | 22:24 / 01.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Isroilda Netanyahu ishini olib borayotgan bosh prokuror iste’foga chiqarilishi mumkin
Jahon | 23:20
-
Rossiya yadroviy raketalarini yana Yevropaga qaratishini ma’lum qildi
Jahon | 23:06
-
Yana issiq - hafta o‘rtasidan havo harorati ko‘tariladi
O‘zbekiston | 22:59
-
Okean bo‘yidagi hayot umr ko‘rish davomiyligini uzaytirishi mumkin
Sog‘lom hayot | 22:12
Mavzuga oid

10:23
Surxondaryodagi uch qavatli savdo markazida yong‘in sodir bo‘ldi

16:08 / 03.08.2025
Yevropada kuchli o‘rmon yong‘inlari davom etmoqda – fotosuratlar

14:32 / 31.07.2025
Sergelidagi ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi

14:28 / 31.07.2025