Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev videoselektorda transport sohasiga xususiy investorlarni jalb qiliş işlari sustligini tanqid qildi.

Prezident matbuot xizmati xabar berişiça, yiğilişda aeroportlarga xususiy şeriklik asosida investorlarni jalb qiliş işlari hamda Toşkent-Samarqand va Toşkent-Andijon yönalişidagi tezyurar avtomobil yöllarini quriş böyiça xususiy şeriklik loyihalari qoniqarsizligi, şuningdek, hududlar örtasida avia, temiryöl va avtotransport qatnovlarini köpaytiriş işlari öz holiga taşlab qöyilgani körsatib ötildi va transport vaziri Ilhom Mahkamovga oxirgi marta ogohlantiriş berildi.

Transport vazirligi va Uzbekistan Airports’ga:

  • 1 iyulga qadar aeroportlarga xususiy şeriklik asosida investor hamda içki aviaqatnovlar uçun loukosterlarni jalb qiliş böyiça amaliy işlarni boşlaş;
  • 1 avgustga qadar içki aviaqatnovlarni haftasiga 90 taga köpaytiriş topşirildi.

Temiryöl tizimi transformatsiyasini jadallaştiriş zarurligi qayd etildi.

Avtomobil yöllari sohasida quriliş sifati va ajratilayotgan mablağlar nazorati böyiça takliflar işlab çiqiş vazifasi qöyildi.